SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
O’zbekiston Fanlar akademiyasining Ulug’bek nomidagi Astronomiya institutiga asos solinganligining 125 yilligi tantanali nishonlandi
1998-09-16

1998 yil 16 sentyabr – Toshkentda O’zbekiston Fanlar akademiyasining Ulug’bek nomidagi Astronomiya institutiga asos solinganligining 125 yilligi tantanali nishonlandi.

                Astrоnomiya instituti, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mirzo Ulug’bek nomidagi (Astronomiya ko’chasi, 33) – Toshkent astronomiya rasadxonasi negizida 1966 yil Toshkentda tashkil etilgan. 1994 yil Mirzo Ulug’bek nomi berilgan. Astronomiya instituti Quyosh fizikasi, gelioseysmologiya, astroseysmologiya; yulduz paydo bo’lish sohalarida yosh nostatsionar yulduzlar; Galaktikadan tashqi ob’ektlar SSD – fotometriyasi (kvazarlar, gravitatsion linzalar va faol yadroli galaktikalar); Oyning kulrang yog’dusini qayd etish asosida Yer global isishini monitoring qilish; ralyatibistik astrofizika, qora o’ra atrofidagi zarralar va maydonlar, aylanuvchi va tebranuvchi magnitlangan neytron yulduzlarning elektromagnit nurlanishi; astroiqlim tadqiqotlari; kosmik geodinamika metodlari bilan Yer aylanishi parametrlarini monitoring qilish; nochiziqli va noturg’un galaktikalarni modellash va boshqa yo’nalishlar bo’yicha tadqiqotlar olib boradi.

                Institut tarkibida yulduzlar astrofizikasi, Quyosh – Yer fizikasi, Galaktikadan tashqi astronomiya, Nazariy astrofizika, Maydanak Balandtog’ rasadxonasi bo’limlari hamda Maydanak Balandtog’ rasadxonasi (Qashqadaryo viloyati) faoliyatini ta’minlovchi Kitob astronomik  rasadxonalar majmui bor. Institutning 20ga yaqin teleskopi Maydanak Balandtog’ rasadxonasi, Kitob shahri, Toshkent viloyatining Parkent tumani va Toshkent shahri hududida o’rnatilgan. Bular orasida O’rta Osiyoda yagona, ko’zgusining diametrik 1,5 m bo’lgan teleskop va o’ta noyob SSD – kamera bilan jihozlangan Quyosh teleskopi bor. Institutda 140 ilmiy xodim, jumladan 6 fan doktori, 22 fan nomzodi ishlaydi.

                Institutda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi V.P. Shcheglov sharafiga memorial lavha o’rnatilgan hamda unga bag’ishlangan muzey mavjud.

Ma’lumot: Toshkent ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2009.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan