SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
161718192122
23242526272829
30      
Gaz plitasi ixtiro qilingan kun
1742-06-11

Insonni o‘rab turgan buyum va ashyolar qanday paydo bo‘lgan? Ba'zi buyumlarning yaratilish tarixini biz bilamiz va esda saqlaymiz, boshqalarining, ular qadimda sodir bo‘lgan bo‘lsa, rivoyatga aylangan, ya'ni xech kim aniq aytolmaydi - bu voqyea aynan shunday bo‘lgan deb. Kamin (o‘choqsimon uy pechkasi) qanday paydo bo‘lgan? Kim uni o‘ylab topgan? Aytish qiyin,ehtimol, turli odamlar, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda, asta-sekin uy o‘chog‘ini mukammallashtirib, uning unumdorligini hamda xizmat vazifasini oshira borganlar. Buni Yer yuzining turli mamlakatlarida, geografik o‘rniga qarab, bir necha xil tuzilishga ega bo‘lgan kaminlarning borligi tasdiqlaydi. Oshxona plitasini esa bir inson o‘ylab topgan. Uning ismi Benjamin Franklin. Tabiatan nafaqat topqir Benjamin Franklin, tejamkor ham bo‘lgan, u amerika pechkalari yoqilg‘ini ko‘p sarf qilyotganini sezib qoldi. Kaminda hosil bo‘layotgan issiqlikning katta qismi trubadan chiqib ketardi. Franklin yangi pechkani jezdan yasadi, bu metall issiqlikni o‘ziga tortib oladi va keyin plitaga qo‘yilgan choynakni isitadi. Bu ixtiro 1742 yil 11 iyunda sodir bo‘lgan deb hisoblanadi. Franklin o‘z yangiligini patentlashni hoxlamadi. Zamonaviy oshxona plitalari, albatta, o‘sha birinchi modelga o‘xshamaydi, odamlar allaqachon o‘choq, alanga, uy isitish hamda ovqat tayyorlash bog‘liqligidan qutulishgan. Ammo oshxona plitasi qanday paydo bo‘lishi tarixini biz unutmadik.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan