SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2020
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
91011121314
16171819202122
23242526272829
3031     
Fransiyada Nissa shahrida karnaval kunlari
1924-02-14

14 fevral - Fransiyada  Nissa shahrida karnaval kunlari

Nissada  fevral oyida juda ko‘p karnavallar o‘tkaziladi. Nissadagi karnaval (Carnaval De Nice) - dunyo bo‘yicha eng yirik va qadimiy hisoblanadi.Karnaval 1924 yildan boshlab nishonlangan, o‘sha paytda bu yerga gersog Anjuyskiy bir necha kunga dam olishga kelgan.Shunda shaharda turli ballar, raqslar o‘tkazilgan. Hozirgi kunda karnaval ikki hafta davom etadi.Tantananing birinchi kunida ishtirokchi va tomoshabinlar Karnaval qirolini kutib olishadi, kechqurun esa bayram malikasini tanlashadi. Kechki paytda Massena yoqiladi. Hozirgi kunda bu oddiy chiroyli favvora va bog‘dan iborat.Karnaval kunlarida uylar 120 ming kvadrat metr fanera bilan qoplanadi va  fanerani 120 nafar rassom quvnoq, hayqiriq suratlar bilan bezatadilar. Keyin  bu quvnoq  rasmlar 150 ming lampochka bilan bezatilib, ular tungi osmonda lovullab yonib turadi, olovli g‘ildiraklar aylanishi bayramga joziba bag‘ishlaydi. Karnaval - bu chiroyli gullar namoyishidir. Gullar yurishi - haqiqiy parad bo‘lib, 20talik platforma tirik gullar bilan bezatiladi.Bu platformalarni qoplash uchun 4000- 5000 dona gul kerak, platformalar uzunligi 7 metr, 2 metr eniga va balandligi 6 metr bo‘ladi.Kechqurun bayram konsert va mushakbozlik bilan davom etadi. Har kuni ko‘chalarda bezatilgan aravalarda gigant qo‘g‘irchoqlar bilan aylanishadi.Bu qo‘g‘irchoqlar - Karnavalning bosh qahramonlari, og‘irligi 2 tonnagacha va balandligi 8-12 metr keladi. Bundan tashqari, “Gullar jangi” shoulari ham o‘tkaziladi.

 

 

 

 

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan