SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617192021
22232425262728
2930     
Nikolay Gogolning "O'lik jonlar" poemasi chop etilgan kun
1842-06-11

“O‘lik jonlar” - Nikolay Vasilyevich Gogolning tugatilmagan poemasi, 1842 yilda chop etilgan. “O‘lik jonlar” nasrda bitilgan bo‘lsa ham, avtor o‘z asarini mazmun jihatidan “poema” janriga qo‘shgan. Rossiya imperiyasida 1861 yilgacha krepostnoy huquq-pomeshchiklarning o‘ziga qarashli dehqonlariga, ularning mehnati va mol-mulkiga cheksiz egalik qilish huquqi bo‘lgan. Pomeshchiklar  krepostnoy deqonlarga ega bo‘lishi mumkin edi. Krepostnoylarni sotib olish, sotib yuborish, haraktdagi mulkday garovga qo‘yish mumkin edi. Krepostnoylarni hisoblash uchun “jon” so‘zi ishlatilardi, masalan “beshta jon”. Romanning murakkab syujet chizig‘i shundaki, bosh qahramon Chichikov “o‘lik jonlarni” sotib oladi, ya'ni allaqachon o‘lib ketgan krepostnoylarni, ammo oxirgi taftishda,  “reviziya ertaklari” deb nomlanuvchi ro‘yhatlarda, tiriklar qatorida hisobga olingan. Pomeshchiklar bu jonlarni sotishdan manfaatdor edilar, chunki ular uchun xuddi tiriklar uchun to‘laganday soliq to‘lashga majbur edilar. Chichikov bu jonlarni sotib olib, ular bilan qator moliyaviy firibgarliklar qilmoqchi bo‘lgan. Roman nomidagi o‘lik jonlar so‘zlarining boshqa ma'nosi - Chichikov va unga o‘lik dehqonlarni  sotib foyda topayotgan barcha pomeshchiklarning qalbi o‘likligi  va qotib ketganligi. “O‘lik jonlar”  terminining umumlashtirilgan mazmuni  mavjud bo‘lmagan shaxslarning qalbaki soxta hujjatlari yordamida uyushtirilgan firibgarlikni ta'riflashda ishlatiladi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan