SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2020
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232426272829
Fransiyaning Menton shahrida Limonlar festivali
0000-02-15

15 fevral - Fransiyaning Menton shahrida Limonlar festivali

Menton shahrida Limonlar festivali  (Menton Lemon Festival) o‘tkaziladi, unga yuz minglab ishtirokchilar yig‘ilishadi. Bayram har yili fevral oxirida boshlanib, ikki hafta mobaynida davom etadi. Mentonning limonlari, so‘zsiz, limonlar ichida qiroli hisoblanadi.Fransuz hududining iliq muhiti yil bo‘yi limonlarni o‘stirishga imkon beradi. Limonlardan uch marta hosil olinadi, eng katta hosil -  mart- aprelda. Mentonning eng boy hosil olish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish paytida  shu festivalni  o‘tkazish o‘ylab topilgan.Bu bayramga tayyorgarlik ko‘rish uchun 130 tonna  mazali sitrus mevalardan  ishlatiladi. Menton eng antiqa haykallarni limonlar, apelsinlar va greypfrutlar bilan bezatadilar. Bir necha kunlar ichida bu yerda apelsindan qasrlar,  limonlardan ertak qahramonlari va ulkan iste’mol qilinadigan daraxtlar paydo bo‘ladi.Sohil bo‘ylab  sitrus mevalar va gullar bilan bezatilgan oltin mevalarning tantanali yurishi o‘tkaziladi. Barcha xohlovchilar uchun limonning yangi navlarini, “bayramning sariq qirolidan” tayyorlangan shirinlik va ichimliklarni ta’tib ko‘rishga taklif qilinadi. Har yili bu dabdabali va mazali shouga  200dan 230 mingga yaqin sayyohlar keladilar.

 

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan