6 Oktyabr - "Xalqaro shifokorlar
kuni”
Dunyo miqyosida nishonlanadigan sanalar juda ko'p. Xalqaro tashkilotlar
tomonidan e'lon qilingan sana va bayramlar munosabati bilan o'sha kuni bu soha
mutaxassislari bir-birlarini qutlaydilar, yangilik va o'zgarishlar bilan
tarixiy kunni qarshi oladilar. Ana shunday sanalarning aksariyati tibbiyot
xodimlariga ham tegishlidir.
Oktyabr oyining birinchi dushanbasi dunyoning
ko'plab mamlakatlarida xalqaro shifokorlar kuni sifatida nishonlanadi. Bu yil 6
oktyabr kuni dunyodagi barcha davlatlarda shifokorlar o'z kasbiy bayramlarida
bir-birlariga samimiy tilak va istaklar bildiradilar. Jumladan, jonajon
O'zbekistonimizda ham bu bayramga alohida taraddud ko'rilmoqda. O'zbekiston
Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi va sog'liqni saqlash hamda
farmasevtika xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi hamkorligida
xalqaro shifokorlar kunini ko'tarinki ruhda o'tkazish chora-tadbirlar rejasi
belgilangan. Unda sog'liqni saqlash muassasalari yosh mutaxassislari, tarmoq
oliy ta'lim muassasalari talabalari, tibbiyot kollejlari va akademik litsey
o'quvchilari o'rtasida sohaning yetuk kadrlari bilan tibbiy mavzularda suhbat
va uchrashuvlar o'tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, hamkasblariga ibrat
bo'lib kelayotgan shifokorlarni moddiy-ma'naviy jihatdan rag'batlantirish
ko'zda tutilgan. Sohada
uzoq yillar faoliyat ko'rsatgan faxriylar holidan xabar olish bayramning
ahamiyatini yanada oshiradi. Fursatdan foydalanib, respublikamiz davolash
muassasalarida mehnat qilayotgan barcha tibbiyot xodimlarini xalqaro
shifokorlar kuni munosabati bilan qutlab qolamiz. Ularning ezgu, sharafli va
mas'uliyatli ishlarida omadlar yor bo'lsin.
Izchillik bilan amalga oshirilayotgan
tibbiy-ijtimoiy islohotlar samarasida xalqimizga jahon andozalari darajasida
birlamchi tibbiy-profilaktika, shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam
ko'rsatish ko'lami yildan-yilga kengaymoqda.
“Sog'lom ona – sog'lom bola” konsepsiyasini
hayotga tatbiq etish jarayonida xotin-qizlarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan
o'tkazish, homilador ayollarni polivitaminlar bilan ta'minlash, ona-bola
skrining xizmatini rivojlantirish, neonatal va perinatal yordamni samarali
tashkil etish, oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirishga alohida e'tibor
qaratilmoqda.