SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202123
24252627282930
Ernest Xemingueyning «Bizning zamonda» nomli ilk kitobi dunyo yuzini ko'rdi
1925-10-05

1925 yil 5 oktyabrьda Amerikalik yozuvchi Ernest Xemingueyning «Bizning zamonda» nomli ilk kitobi dunyo yuzini ko'rdi.

Bu kitob 32 varaqli bo'lib, 170 nusxada chop etilgan. Bu kitobning muqovasida gazetaning bosh sahifasida chop etilgan su'ratiga qayta ishlov berilib, o'zgacha montaj ishlovlari bilan har qanday kitobxonni o'ziga jalb qila oladi. Bu to'plam sarlavhasi boshlanishidan o'zining kichik harflar bilan yozilganligi bilan kitobxonni o'ziga jalb qiladi. “Lordning osoyishta va tinchligini saqlash bizning qo'limizdadir” degan shior bilan o'ziga xos hikmatli iboralaridan tashkil topgan to'plam katta shov-shuvga sabab bo'lgan. Bu to'plam o'z ichiga 16 ta mustaqil hayotiy voqea va hodisalardan iborat bo'lgan; ulardan oltinchisi buqalarning kurashi va uchinchisi - gazetalardan olingan ma'lumotlardan tashkil topgan. Bu kitob o'z davrida katta e'tiborga ega asar bo'lib, o'z kitobxonlariga ega bo'lgan.

Xeminguey Ernest Miller (1899.21.7, Chikago yaqinida – 1961.2.7, Ketchem, Aydaxo shtati ) – amerikalik yozuvchi. 1917 yildan Kanzas – Sitida jurnalist – reportyor sifatida ish boshlagan. 1939-60 yillarda Kubada yashadi. Dastlabki hikoyalar kitobi – “Bizning zamonda” (1924 yilda) , “Quyosh chiqadi” (1926 inglizcha nashrlarda “Fiesta” nomi bilan chop etilgan) “Afrikaning yashil tepaliklari” (1935), “G'olibga bayroq berilmaydi” (1933) hikoyalari dunyo yuzini ko'radi. “Ho'kizning shoxi”, “Frensis Makomberning baxti”, “Klimanjaro qorlari” (1936) hikoyalari, “To'qchilik va yo'qchilik” (1937) romanida Xeminguey ijodiy yuksalishi ko'zga tashlanadi. Xeminguey asarlarida dastlabki jurnalistik kuzatuv o'rnini, tahliliy qiyosiy mulohaza va mushohadalar egallaydi. Xeminguey insoniyatning ruhiy holatini tadqiq etish bilan jamiyatdagi mavjud vaziyatni ochib berishga qodir asarlarni yaratdi. Badiiy jihatdan ancha yuksak bo'lgan “Daryoning naryog'ida, daraxtlar soyasida” (1950) romani “Chol va dengiz” (1952) qissasi yozuvchiga katta shuhrat keltirdi. Xeminguey 20- asrda o'zigagina xos bo'lgan qat'iy xolislikka asoslangan xarakterli uslubni yaratdiki, keyinchalik Amerika qit'asidan yetishib chiqqan yozuvchilar bu uslubga tez-tez murojat qiladigan bo'lishdi. “Chol va dengiz”, va boshqa asarlari o'zbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1954).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan