SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202123
24252627282930
Portugaliya Respublika deb e’lon qilingan kun
1910-10-05

1910 yil 5 oktyabr – Portugaliya Respublika deb e’lon qilindi.

                Portugaliya Respublikasi. Poytaxti – Lissabon. Hududi – 91985 km2. Aholisi – 10541840 kishi (2012). Davlat tili – Portugal va mirandes. Aholining asosiy qismi xristian dinining katolik mazhabiga e’tiqod qiladi. Pul birligi – yevro.

                Geografik joylashuvi va tabiati. Pireney yarimorolida joylashgan Janubi-G’arbiy Yevropadagi davlat. Atlantika okeanida Azor va Madeyra orollari ham Portugaliyaga tegishli. Sharq va shimolda Ispaniya (1214km) bilan chegaradosh. G’arb va janubda Atlantika okeani bilan tutash. Sohil bo’ylab chegara uzunligi – 793 km. Portugaliyaning shimoliy va shimoliy – sharqiy qismida tog’lari bor. Asosiy tog’ tizmasi Serra-da-Eshtrela. Mamlakatning eng yuqori nuqtasi – Eshtrela (1991 m) tog’i. Portugaliyaning markazi va janubida pasttog’liklar va tepaliklardan iborat Portugal pasttekisligi yastanib yotadi. Yirik daryolari: Doru (Duero), Teju (Taxo), Gvadiana. Qazilma boyliklaridan temir rudasi, uran rudasi, vol’fram, tabiiy boyliklardan marmar, yog’och mavjud. Ishlov beriladigan yerlar mamlakat hududining 32%, o’rmonlar va dashtlar 40%ini egallagan.

                Iqlimiga Atlantika okeanining ta’siri kuchli. O’simlik dunyosi yirik bargli va ignabargli daraxtlarga boy. Hayvonlardan bo’ri, tulki va boshqalar uchraydi. Portugaliya 1143 yilda mustaqillikka erishib, 1910 yilning 5 oktyabrida respublika deb e’lon qilindi. Milliy bayrami 10 iyun – Portugal kuni.

Ma’lumot: Jahon mamlakatlari. “O’zbekiston”. T.2013.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan