SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2018
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
91011131415
16171819202122
23242526272829
3031     
Fransuz yozuvchisi Moriak Fransua tavallud topgan kun
1885-10-11

Moriak Fransua (1885.11.10, Bordo - 1970.1.9  Parij) - fransuz yozuvchisi. Fransua Moriak 1885 yil 11 -oktyabrda Fransiyaning Bordo shahrida ko’p bolali Jan Pol Moriak va Margaritti Moriak oilasida dunyoga keldi. Ota-onasi tijorat bilan shug’ullangan, ular alohida nufuzga ega edi.. Moriak 2 yoshga to’lmasdanoq otasi vafot etadi va onasining tarbiyasida voyaga yetadi.  Moriak ijodiy faoliyatini shoirlikdan boshlagan. U maktabda o’qib yurgan kezlari “Bizning vaqt” jurnalida “Tutashgan qo’llar” birinchi she’riy to’plami chop etiladi. Mazkur to’plamdan so’ng o’zini to’laligicha adabiyotga bag’ishlagan. Moriak “Alvido bolalik” (1911), “Tug’yon” (1925), “Atis qoni” (1940) kabi she’riy kitoblar chop ettiradi. Adibning ijodida nasr, asosan, romanlar alohida o’rin tutadi.  “Grosse jurnalida “Tashvishlar ostidagi bola” (1913) nomi bilan bosilib chiqadi. Romanda insoniyat hayotida abadiy davom etuvchi jismoniy va ma’naviy bahs hikoya qilinadi. Shu yilda Moriak bankirning qizi Janni Lafon bilan turmush quradi.  “Zanjir jafosini tortgan bola” (1913) da qishloqlik yigitning Parijdagi sarguzashtlari tasvirlangan.  “Moxovga hadya etilgan bo’sa” (1922), “ Volida” (1923), “Tereza Deskeyru” (1927), “ Ilonlar  o’rami” (1939),  “Boshi berk ko’cha” (1939) kabi romanlari mashhur. Uning keyingi yozilgan asarlari “Maymun “ (1951), “Xudoyiga atalgan qo’zichoq” (1954), “ O’tmish o’spirini” (1969) kabi romanlari mashhur.  Adibning “Otash daryosi” (1923), “Ona” (1923) romanlari ham mazkur yo’nalishda yaratilgan bo’lib, katolik cherkovi o’ng qanoti vakillari timonidan juda qattiq tanqid qilinadi. Mazkur romanlarda kiborlar oilalaridagi achinarli munosabatlar qalamga olingan, pul insonlar ruhiyati va hayot asosi maqomida bo’lganligi ko’rsatib berilgan. Moriakning “Ilonlar changalida” (1932) romanini soxta e’tiqod tahlili deyish mumkin. Asar Shoazim Munavvarov tarjimasida o’zbek kitobxonlari qo’llariga ham yetib borgan (1995). Moriak 1952- 70 yillarda Fransiyada chiqadigan  “Ekspress”  va “ Figaro” o’zining siyosiy , axloqiy va estetik mavzularida yozilgan  “Yon daftarlarini” e'lon qildi.  Uning ijodi uchun  illatlarni ruhiy tahlil qilish va tabiiy detallashtirish xos. “Roman” (1928), “Romannavis va uning personajlari” (1938), “Ruhiyat xotiralari” (1956) yil kabi asarlarida yozuvchininig badiiy- estetik qarashlari ifodasini topgan. So’z san'atidagi har qanday modkrnizmga qarshi turgan.  Moriak hayotni qanday bo’lsa , shundayligicha tasvirlashga intilgan. Adib 1952 yili Nobel mukofotini olish jarayonidagi nutqida quyidagi fikrlarini bildiradi: “Bu jaholat va dahshat bilan to’lib-toshgan dunyoda umidlarni saqlab qolish juda muhim. Inson o’z tabiati bilan maqsadini anglab yetishi va tushkunlikka tushmasligi kerak. Zamonaviy insonning tushkunlikka tushishi shu davrning absurdligi va insonning yo’g’on afsonalar domiga tushib qolishi bilan izohlanadi. Bu absurd insonni hayvon darajasiga tushirib qo’yishi mumkin”. Yozuvchi absurd sifatida katolik cherkovini ko’rsatadi. Uning oxirgi “O’tmish farzandi” (1969) romani ham shunday qarshilik ruhida yozilgan.  Moriak o’zidan durdona asarlar qoldirdi. Uning teran fikrlashi, achchiq tili bilan eng murakkab voqealarni ham lo’nda tushuntirib bera olishi, badiiy mahorati asarlarining umri boqiyligiga sababdir. Adib ijodi XX asr fransuz adabiyotida Marsel Prussdan keyingi o’rinda baholanadi.

Ma’lumot: Jahon adabiyoti.2013.10.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan