SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Sosiska ixtiro qilingan kun
1805-11-13

Sosiska-kolbasa mahsuloti bo'lib, maydalangan qaynatilgan hayvonlar yoki parranda go'shtidan tayyorlanadi. Zamonaviy kolbasani Frankfurtdan Venaga 13 noyabr 1805 yilda ko'chib o'tgan (1772-1845) qassob Iogann Laner ixtiro qilgan. Frankfurt va Vena shaharlari o'rtasida sosiskani aslida kim yaratganligi ustida tortishuvlar bo'ladi. Frankfurtda sosiska o'rta asrlardagiday tayyorlanadi, lekin Vena sosiskalarini tayyorlashda zamonaviy sosiskalar ishlab chiqarish usulidagi kabi mol va cho'chqa go'shti aralashmasidan foydalanishgan. Sosiska nemislar oshxonasining asosiy ingredienti bo'lib qoldi. Oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoati xalq komissarining yangi go'shtli mahsulot ishlab chiqarish haqida buyrug'idan so'ng 1936 yil Rossiyada sosiska ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. Shu yillari Rossiyaning ko'pgina shaharlarida yigirmatadan ortiq o'sha davrning eng zamonaviy asbob-uskunalari bilan jihozlangan yirik go'sht korxonalari qurilgan. Kolbasa va sosiska ishlab chiqarish ikki ming yillik uzoq tarixga ega. Ehtimol, o'sha eski davrlarda bunday ko'rinish va shakllar bo'lmagan bo'lishi mumkin, lekin ishlab chiqarishning umumiy imkoniyatlari o'sha davrga xosdir. Hozirgi kunda kolbasa va sosiska zamondoshlarimiz menyusining eng zarur qismiga aylandi. Kolbasaga o'xshaydigan ovqat bizni eramizdan 500 yil oldin yozilgan qadimiy grek pyesasi “The Orua”da tilga olingan. Keyinroq bu so'z grek nomalarida tez-tez uchrab turadigan bo'ldi. ”Kolbasa” so'zining o'zi (sausage) lotincha “salsus” so'zidan kelib chiqqan bo'lib, tuzlangan degan ma'noni bildiradi. Qadimiy davrlarda ayni termin kengroq ma'noga ega bo'lgan va faqat kolbasa va sosiskanigina emas, hamma tuzlangan yoki konservalangan go'shtlarni ham bildirar edi. O'sha vaqtlarda go'shtni sovuqda saqlash imkoni yo'q edi, va kolbasa tayyorlash go'shtni saqlashni ajoyib usuli edi. Vaqtlar o'tishi bilan odamlar kolbasa ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirib bordilar. Yevropaning shimoliy tomonlarida go'shtni alohida muzlatmasdan ham uzoq saqlash mumkin. Issiq oylarda go'shtni saqlash uchun ularni dudlashgan. Yevropaning janubiy rayonlarida va Osiyoda esa kolbasa qo'shimcha ishlovsiz quyoshda quritilib tayyorlanadi. Sujuk va bostirma bunga misol bo'la oladi. Kelib chiqishi Osiyolik bo'lgan ko'chmanchilar sujukni egar ostidagi to'rvada saqlashgan. Ayni shu yerda kolbasa tayyorlashning oxirgi bosqichi amalga oshirilgan: quritilgan va o'ziga xos shakl berilgan. Turli joylarda yashovchi odamlar yillar o'tishi bilan kolbasa ishlab chiqarishda o'z xususiy usullarini o'ylab topishdi va tayyor mahsulotlariga esda qoladigan, jarangdor ismlar berishdi. Shunday qilib, Vena, Italiya, Angliya, Kamberlend kolbasalari vujudga keldi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan