SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
161718202122
23242526272829
30      
Atoqli adib va jamoat arbobi Komil Yashin tavallud topgan kun
1909-12-25

Komil Yashin taxallusi; asl ism-sharifi Komil No‘monov.  U yigirma yildan ortiq vaqt davomida  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga raxbarlik qilgan. Shoirning ijodiy faoliyati 1925- yildan boshlanadi. Bu yillarda uning she'r va ocherklari vaqtli matbuotda  bosilgan. Shoirning “Quyosh”, “Kurash”, “O‘rtoqlar”, “Yondiramiz” deb nomlangan asarlari va “Nomus va muhabbat”, “Xamza” kabi sahna asarlari o‘zbek dramaturgiyasining eng yaxshi namunalaridandir. Adibning “Gulsara”, “Nurxon” p'yesalari o‘z davri uchun xarakterli sahna asarlari bo‘lgan. Yashin adabiyot va san'at soxasidagi xizmatlari uchun “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi” va “O‘zbekiston xalq yozuvchisi”,  1974- yilda  esa “Mehnat qahramoni” unvonlari bilan taqdirlangan.  Yashin o‘zbek dramaturgiyasida yangi sahifalar ochgan, uning mavzu doirasini kengaytirgan, uzoq umirlik asarlar yaratgan adibdir. Uning o‘zbek teatri va dramaturgiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi ulkandir. Uning so‘nggi asarlaridan biri “Yodnoma”  kitobidir. Atoqli adib 1997- yili vafot etdi. U buyuk san'atkor Halima Nosirovaning umr yo‘ldoshi edi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan