SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617181920
22232425262728
2930     
Er yuzining 6 - milliardinchi fuqarosi dunyoga kelgan kun
1999-10-13

1999 yil 13 oktyabrda Er yuzining 6 - milliardinchi fuqarosi dunyoga keldi. U Saraeva tug'ruqxonasida 29 yoshli Fatima Xelach dunyoga keltirgan o'g'il bola hisoblanadi. Er yuzining 6- milliardinchi degan nomni shu paytda Bosniya va Gersogovinnaga rasmiy tashrif buyurgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh sekretari Kofi Annan aniqlik kiritdi.10 ming yil oldin dunyo aholisining soni 10 mln.ga yaqin edi, bizning eramiz boshiga kelib ularning soni 200 mln. ga yetdi, 1650 yillarda -500 mln., 19 asrda -1 mlrd., 1900 yilda aholi soni 1mlrd 660 mln., 1950 yilda 2 ta jahon urushiga qaramay-2,5 mlrdga yetdi, 1993 yilda aholi soni  5,5 mlrd edi. 1999 yil 13 oktyabrda Sarayevodagi tug’ruqxonalardan birida dunyo aholisining 6mlrd chi insoni tug’ilgan. 2006 yil 26 fevralda dunyo aholisining soni 6,5 mlrdga yetdi va bu son yiliga 2% ga ortib bormoqda. 2050 yilga kelib bu son 8,9 mlrd. ga yetishi kutilmoqda. Hozirgi kunda sayyoramizda har daqiqada taxminan 180 ta odam tug’iladi, har bir sekundda 21 ta odam tug’iladi va 19 tasi vafot etadi. Shunday qilib, Dunyo aholisi sekundiga 2 taga, 250 mingga har kuniga  ko’payadi. Yiliga bu sonning miqdori taxminan 80 mln.ga teng va bu asosan taraqqiy etayotgan davlatlarga to’g’ri keladi. Dunyo aholisining bunday shiddat bilan ko’payishi ko’proq energiya va oziq-ovqatni, mineral resurslarni talab qiladi va bu holat yer biosferasiga ta'sir ko’rsatadi. 

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan