SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2022
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
151617181920
21222324252627
28293031   
Saodat jurnali chiqa boshlagan kun
1925-12-01

1925 yil 1 dekabrdan Saodat jurnali chiqa boshlagan. O'zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar uchun “Saodat” jurnali nashr etila boshlagan. Bir yilda 8 marta chop etiladi. Eng dilkash, samimiy suhbatdoshingiz Saodat. A'lo xulqi, zukkoligi, o'qishdagi muvaffaqiyatlari, tashabbuskorligi bilan noyob iste'dodini namoyon etayotgan hamda adabiyot, madaniyat, san'at, fan, ta'lim va sport sohalarida alohida yutuqlarga erishayotgan xotin-qizlarimiz uchun. Mamlakatimizda xotin-qizlarning bilim va salohiyatlarini oshirishi, erkin kasb tanlashi, ish faoliyatlarini oiladagi yumushlar, farzand tarbiyasi bilan uyg'un holda olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Shu bois ayollarimiz oilada ham, davlat va jamoat ishlarida ham ko'plab muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqdalar. Jurnal sahifalarida hamma ruknlar ma'qul. Jurnal juda sifatli chiqa boshladi. Badiiy hikoyalar, she'rlar, maslahatlar-hammasi qisqa va lo'nda, o'quvchini zeriktirmaydi. Yanada o'qishli bo'lishi uchun yozuvchilarimizning asarlaridan berib boriladi. Axir avlodlar yangilanyapti. Yosh avlod adabiyotimiz chinorlarining asarlarini o'qishi kerakku. O'zbek ayoli qanday bo'lishi lozim bo'lsa, bu fazilatlar bizning ayollarda mavjud degim keladi. Ma'rifatli ayol mayda-chuyda gaplardan baland bo'ladi. Men barcha opa-singillarimizga “Saodat”dan bahramandlik tilayman.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan