SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151718192021
22232425262728
2930     
Argentinada o’qituvchilar kuni
0000-09-11

Argentinada o’qituvchilar kuni

                Muallim deganda, ma'naviyat va axloq sarchashmalarini o’zida mujassam etgan kasb egasini tushunish mumkin.    Argentinada har yili 11 sentyabrda O’qituvchilar kuni keng nishonlanadi va bu bayram millatning eng muhim tantanalaridan biri hisoblanadi.   O’qituvchilar kuni butun mamlakat miqyosidagi milliy bayram hisoblanadi va shu kuni o’quv muassasalarida dam olish kunidir.    Bu sana nafaqat o’qituvchilarga minnatdorchilik bildirish bilan muhim, balki shu kuni argentinaliklar mamlakatning sobiq prezidenti  xalq ma'rifatparvari Domingo Faustino Sarmyentoni (1811-1888) vafot etgan kunida xotirlaydilar.

                Ustoz- prezident deb nom olgan Sarmyentoning faoliyati davrida (1868-1874) tashabbuskor sifatida ta'lim sohasidagi ko’plab islohotlar o’tkazdi, bu bilan u mamlakat maorifi tarixiga misli ko’rilmagan tarzda ulkan hissa qo’shdi. U Dengiz va Harbiy ta'lim muassasalariga asos soldi. San Juane,  Mendoza, Salta va Tukumanda O’rmon xo’jaligi maktablarini ochdi.     Prezident Sarmyento, shuningdek mamlakatning ko’plab viloyatlarida boshlang’ich maktablarini ta'sis etdi. U mamlakatni idora qilgan davrlarida o’qituvchilar uchun trening dasturlari faoliyat yurita boshladi. Ustoz- prezident o’qituvchilar uchun trening maktablari yaratishni qo’llab chiqdi.

                Argentinada O’qituvchilar kuni-eng sevimli kasb bayramlaridan biri hisoblanadi. Shu kuni barcha o’qituvchilar o’z tarbiyalanuvchilaridan tabriklar oladilar. O’quvchilar ularga gul va boshqa sovg’alar tuhfa qiladilar.    O’qutuvchi nafaqat ilm-fan o’rgatuvchisi, balki u ezgulik tarqatuvchisi va abadiyot jarchisidir.  U yosh avlod tarbiyasida betakror shaxs vazifasini bajaradi. Ularning ilm va tajribasi, an'analarni meros qilib qoldirishi va novatorligi har bir maktabning faoliyati asosida mavjud.

 

 

 

 

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan