SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
May 2022
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
293031    
Slovakiya kompaniyasi dunyodagi ilk uchar mashinani namoyish etdi
2014-10-29

Slovakiya kompaniyasi dunyodagi ilk uchar mashinani namoyish etdi

2014 yil 29 oktyabr.

29-oktabr kuni Pioneers Festival nomli yangi texnologiyalar ko‘rgazmasida AeroMobil 3.0 — uchar avtomobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. AeroMobil’ning rasmiy saytida yozilgan ma’lumotlarga ko‘ra, u bir necha soniya ichida avtomobildan samolyot ko‘rinishiga o‘ta oladi. Uning havoga ko‘tarilishi uchun tezligi soatiga 130 kilometrni tashkil etishi kerak. Uchayotganda kamida 60 km/soat, eng tez esa 200 km/soat tezlik bilan harakatlana oladi. Shuningdek, uning yerdagi eng katta tezligi 160 km/soatni tashkil etadi. AeroMobil 3.0’da ikki kishilik o‘rin mavjud bo‘lib, uning uzunligi 6 metrni, kengligi esa yerda yurganda 2,24 metr, uchganda 8,32 metrni tashkil etadi. Uchar avtomobil korpusi metaldan ishlangan va murakkab tarkibli karbon bilan qoplangan. Bunday qoplama yengil, ammo mustahkamligi uchun zamonaviy samolyotlarda ishlatiladi. Ushbu avtomobil odatiy benzinda harakatlanadi va yerda yurgan payti 100 kilometrga 8 litr, havoda uchgan payti esa 15 litr yonilg‘i sarflaydi. U istalgan bir necha yuz metrli o‘tloq yoki tosh yotqizilgan yuzada qo‘na oladi. Shuningdek, unda avtopilot boshqaruvi va parashyutdan sakrash yo‘li ham mavjud.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan