29 yanvar-Kanndan keyingi 2chi
o‘rin ma’nosiga ega festivaldir. Qisqa metrajli filmlarni butun dunyodan olib kelishadi. Dunyoda qisqa
metrajli filmlarning asosiy ko‘rinishi, Klermon-Ferrandagi festival
Fransiyadagi o‘zining kattaligi bo‘yicha ikkinchi kinofestival, o‘zining
miqyosi va ma’nosiga ko‘ra faqatgina Kann festivaligagina tan beradi. Birinchi
festivalni 1981 yilda Klermon-Ferrana universiteti kinobirlashmasi
tashkillashtirgan edi. Tashabbuskor guruh
harakati sharofati bilan festival yildan-yilga ko‘proq kinosevarlarni jalb
qilgan holda o‘sib,rivojlanib borgan. 1988 yilda festival xalqaro maqomini
qo‘lga kiritdi, 1995 yilda esa uni birinchi bor 100mingdan ortiq odam ko‘rishga
bordi. Tasvirlar uch asosiy dasturda namoyish qilinadi: xalqaro, fransuz va
eksperimental filmlar. Premeradan tashqari tomoshabinlarni o‘tgan yillarning
eng yaxshi qisqametrajli filmlari namoyishi o‘tkazilgan.Kinobiznesning ustalari
keyinchalik kinoteatr va teleefirlarda eng yaxshi ishlarni namoyishini
ta’minlash uchun filmlarni saralash maqsadida festivalga yig‘ilishadi.
Festivalda dunyoning eng yaxshi animasion guruhlari qatnashadilar. 2014 yilda
avval Klermon-Ferranda ko‘rsatilgan eng yaxshi qisqa metrajli “Illyuminator
Janobi Oliylari” filmi animasion film uchun “Oskar” mukofotini olgan.