12 yanvar - Shvesiyada Muqaddas Knut bayrami.
Shvesiyada Muqaddas Knut
bayramini g‘arbiy xristianlar an’anaviy Rojdestvo bayramidan 20 kundan so‘ng nishonlaydilar. Shu sababli bayramning nomi “ yigirma kun” deb tarjima
qilinadi. Bu bayram Shvesiyada va Skandinaviyaning boshqa mamlakatlarida
Rojdestvoning tamom bo‘lganini bildiradi. Shu kuni bayram archasini tashlab
yuborish udumi bo‘lib, xalq sayli tashkil etiladi. Shvesiyaning ko‘pgina
hududlarida bu bayram turlicha o‘tkaziladi. Shvesiyaning janubiy hududlarida
juda qiziqarli tarzda o‘tkaziladi. Bu yerda odam bo‘yi baravarida poxoldan
qo‘g‘irchoq yasaladi, unga kiyim
kiydiriladi va qo‘shni eshigiga suyab qo‘yishib, ko‘chada shovqin solishadi.
Hech narsadan xabari yo‘q qo‘shni eshigini ochishi bilan uning quchog‘iga qo‘g‘irchoq yiqiladi. Qo‘g‘irchoqqa odatda
shunday so‘zlar yozilgan xat ham ilib qo‘yishadi: “Knut keldi, Rojdestvo
ketdi, u turib qolmasdan yana qo‘shniga tashlab qo‘y”. Hazilkashni tutib olish
va jazolash kerak, agarda tutib olmasa, qo‘g‘irchoqni boshqa qo‘shniga tashlab
qo‘yiladi. Tun oxirida qo‘g‘irchoq bilan qolgan kishi ustidan butun qishloq
hazillashadi.