SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
8910111314
15161718192021
22232425262728
293031    
Mirzo Ulug'bek va Yashnabod tumanlarini bog'lab turuvchi "Mirzo Ulug'bek" ko'chasi tashkil etilgan kun
1992-08-07

Mirzo Ulug’bek ko’chasi -Mirzo Ulug’bek va Yashnabod tumanlarini bog’lab turuvchi markaziy ko’chalardan biri. 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan so’ng tashkil topgan. Dastlab "Yalang’och", "Shastri" va "Cherdansev" nomlari bilan yuritilgan. 1972 yil 29 mayda "Maksim Gorkiy", 1992 yil 7 avgustda akadem "Habib Abdullayev" nomi berilgan. Taraqqiyot va Feruza ko’chalari oralig’ida. Uzunligi 8 km atrofida. Yo’nalishida  “Buyuk ipak yo’li” metro bekati, Akademiklar shaharchasi, O’zbekiston Respublikasi Fanining Umumiy va noorganik kimyo, O’simlik moddalari kimyosi, Biokimyo, Sharqshunoslik institutlari, Yalang’och mavzeysi, Endokrinologiya instituti, Akusherlik va gnekalogiya mavzeysi, Musavvirlar uyi, Vrachlar malakasini oshirish instituti, O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar harbiy muzeyi, Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi, ko’p qavatli va shaxsiy turar joy binolari joylashgan. Barcha turdagi transport vositalari harakati yo’lga qo’yilgan. Mustaqillik yillari ko’cha tubdan qayta ta'mirlanib, keng qamrovli obodonlashtirish va ko’klamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Yo’nalishida "Parkent Do’rmon yo’li", "Temir Malik" ko’chalari bilan kesishgan. "Buyuk ipak yo’li" ko’chasi, "Mustaqillik" ko’chasi bilan tutashgan. Yaqinida “Parkent” bozori, “Sayohat” mehmonxonasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya unversiteti, shahar sudi va muassasalar mavjud.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan