SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151718192021
22232425262728
2930     
Mirzo Ulug'bek tumanining “Oqqo'rg'on” mahallasi hududidagi ko'chaga "Mudofaachilar" nomi berilgan kun
1994-08-22

Mudofaachilar ko’chasi-Mirzo Ulug’bek tumanining “Oqqo’rg’on” mahallasi hududida. Kichik halqa yo’li va Oqqo’rg’on ko’chasi oralig’ida. Uzunligi 1 km atrofida. 1955 yilda tashkil topgan. Dastlab rus kompozitori M. P. Musorgskiy (1839-81) nomi bilan yuritilgan. Tarixiy ma'lumotlarga ko’ra, 1865 yil yozida chor Rossiyasining istilosiga qarshi aynan shu joyda shahar mudofaasi tashkil etilgan. Shu bois 1994 yil 22 avgustda ko’chaga “Mudofaachilar“ nomi berilgan. Yo’nalishida “Salamandra” supermarketi, savdo shaxobchalari, dorixona, aloqa bo’limi, bozorcha, ko’p qavatli va shaxsiy turar joy binolari, turli servis xizmat ko’rsatish maskanlari joylashgan. Mustaqqilik davrida ko’chada rekonstruksiya va obodonchilik ishlari olib borildi. Yaqinida lak-bo’yoq korxonasi va “Yoshlik” sport majmuasi mavjud.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan