SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    123
4678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Angliyada jahonda ilk marta dengizda qutqaruv qayig'i sinab ko'rilgan kun
1790-01-30

Dengizda suzish paydo bo‘lgan davrlardan buyon kema halokatiga uchraganlarni qutqarish muammosi mavjud.  Biroq qutqarish uchun mo‘ljallangan maxsus suzish vositalari ham hamon eskirgani yo‘q. 1790 yilning 30 yanvarida shimoliy Angliyaning Tayn daryosida birinchi maxsus qutqaruv qayig‘i  sinab ko‘rildi. Bu Qayiq “Original” ya’ni, o‘ziga xos(Original) deb nomlangandi. Qayiqning uzunligi 30 futni (fut -30,48 sm ga teng uzunlik o‘lchovi)tashkil qildi. Qayiqning tezligini oshirish maqsadida o‘nta eshkak o‘rnatilgan edi.  Dengizchilikning boy tarixiga qaramasdan “Original”  bu sohada qutqaruv ishlariga mo‘ljallangan birinchi qayiq bo‘ldi. Qutqaruv qayig‘ining paydo bo‘lishiga 1789 yilda daryoda yuz bergan qayg‘uli to‘fon voqealari sabab bo‘ldi.  O‘shanda dengizdagi kema daryoning quyilish joyi yaqinida to‘fon tufayli sayozlikka chiqib qoldi.  Garchi 8 kishidan iborat kema jamoasi shunday ko‘z o‘ngida bo‘lsa  ham, ularni qutqarishga hech kim jur’at qila olmadi. Chunki ularni qutqarish o‘z joniga qasd qilish bilan barobar edi. Shundan keyingina qutqaruv qayig‘i tashkil etishga kirishildi va bu ish Tayn daryosi quyilish yaqinidagi sohildagi stansiyaga biriktirildi. Qirq yil ichida bu qayiq sharofati bilan yuzlab odamlarning hayoti saqlab qolindi. 1839 yilga borib Britaniyaning 30 ta sohil stansiyalari qutqaruv qayiqlari bilan ta’minlandi.Bugungi kunda inson xavfsizligi yo‘lida dengizga chiqqan posbonlar qator maxsus moslamalar va qurilmalardan unumli foydalanmoqdalar. Shuningdek, har bir kemada zamonaviy talab asosida qutqaruv qayiqlari va kulfat haqida xabar beruvchi avariyaviy radiouzatkich bo‘lishi shart.   


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan