SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    13
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Rejissor Leonid Gayday tavallud topgan kun
1923-01-30

1923 yil 30 yanvar  Leonid Iovich Gayday tavallud topgan kun. U ilk ta’limni Irkutsk viloyat drama teatrida oldi. Shundan co‘ng VGIK da G.V. Aleksandrov ustaxonasida o‘qidi. O‘zining birinchi “Olis yo‘l” filmini u 1956 yilda suratga oldi. Bu film V. Korolenkoning sibir haqidagi turkum hikoyalari asosida tasmaga tushirilgan edi. Uning ikkinchi filmi kinokomediya edi.  Bu janrda Gayday o‘z ijodining cho‘qqisiga erishdi. Uning har bir komediyasi—haqiqiy shoh asar, yumorning yorqin namunasi va bir vaqtning o‘zida ijtimoiy muammolarni o‘ziga xos talqin etilishi bilan ajralib turadi. Rejissorning sevimli davri 1920 yillar bo‘lib, u bu davrni “12 stul”, “Bo‘lishi mumkin emas!” filmlarida aks ettirdi. Gaydayning sevimli qahramonlari mashhur uchlik aktyorlar Yuriy Nikulin, Georgiy Visin va Yevgeniy Morgunovlar tomonidan ijro etilgan Valakisalang, Qo‘rqoq va Tullak obrazlari hisoblanadi.  Ular 1961 yilda ilk bor suratga olingan “Ko‘ppak Barbos va g‘alati kross” deb nomlangan qisqa metrajli film orqali va shundan so‘ng “Samogonchilar” (1962) va  “I” opersiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari” filmining uchinchi qismida (1965) , “Kavkaz asirasi” (1966) filmlari orqali muxlislarga yaxshi tanish. Rejissorning so‘nggi ikki filmi, shuningdek,  “Brilliant qo‘l” (1968) va “Ivan Vasilevich kasbini o‘zgartiradi” kino muxlislar tomonida eng ko‘p tomosha qilingan  filmlar sirasiga kiradi. Gayday komediya janrining taniqli arbobi sifatida tan olingan. Gaydayning rafiqasi Nina Grebeshkova uning eng yaqin yordamchisi va muvaffaqiyatga erishuvida ilhomlantirivchisi edi. Keyingi yillarda u “Hayot uchun xavfli!” (1985), “Xususiy detektiv yoki “Kooperatsiya” operatsiyasi” (1989) va “Deribasovada ob-havo yaxshi yoki Brayton-Bichda yana yomg‘ir” (1992) komediyali filmlarini suratga oldi.  Leonid Gayday 1993 yilning 19 noyabrida og‘ir  kasallikdan vafot etdi.

 

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan