SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2020
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
222324252627
293031    
Koreyaning Pxyonchxan viloyatida
0000-09-17

17 sentyabr – Koreyaning Pxyonchxan viloyatida Li Xyo Sok nomli madaniyat festivali o’tkaziladi. Ushbu festival 9 sentyabrdan 18 sentyabrgacha Ponpxyon –myonda o’tkaziladi. Li Xyo Sok “Grechka gullaganda” nomli mashhur asar muallifi bo’lib, u Koreyada juda mashhur. Bu asarda tabiat go’zalligi va inson hayoti mohirona ko’rsatib berilgan. Ayniqsa asar muallifi tug’ilib o’sgan Ponpxyon shahri tabiati manzarasi keng yoritilgan. Li Xyo Sok nomli madaniyat festivali har yili o’tkazilib uning maqsadi ommani Li Xyo Sokning hayoti va ijodi hamda Кoreya adabiyotining shoh asari bilan yaqinroq tanishtirish. Festivalda adabiyot konkurslari, she’riyatga oid ko’rgazmalar, adabiyot kechalari va boshqa madaniyat dasturlari o’tkaziladi. Bundan tashqari siz grechka dalalarini kezib, grechka gullarini tomosha qilishingiz, xalq o’yinlarida ishtirok etishingiz va grechkadan turli ovqatlarni tayyorlashni o’rganishingiz mumkin.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan