SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2020
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728
Afrikada dunyodagi eng issiq harorat kuzatilgan kun
1922-09-13

Dunyodagi eng issiq harorat + 58 S gradus 1922 yilning 13 sentyabrida Afrikadagi Liviya cho'lida kuzatilgan. Ammo mazkur ko'rsatgich ro'yhatga olinganidan 9 yil oldin Shimoliy Amerikaning Ajal vodiysi (+56,7 S gradus issiq ) dunyodagi eng issiq joy bo'lgan. Chunki vodiydagi Beduoter (“yomon suv”) hudidida 1913 yilning 13 iyulida o'sha vaqtdagi dunyodagi eng yuqori havo harorati ro'yxatga olingan. Hozirda mazkur vodiy g'arbiy yarimshardagi eng baland harorat kuzatilgan joy bo'libgina qolmay, balki shimoliy Amerikadagi quruqlikning dengiz sathidan eng past ( -85,5 metr) joyi hamdir. Ajal vodiysi – Shimoliy Amerika g'arbidagi Moxave cho'li va Katta havza o'rtasidagi botiq bo'lib, Kaliforniya shtatidagi S’erra Nevada tog' tizmasining janubi-sharqida joylashgan. Vodiyda harorat juda issiq va quruq bo'lgani bois, bu yerga kelgan oltin izlovchilarning ko'pchiligi issiqdan halok bo'lgach, mazkur joyga “Ajal vodiysi” deb nom berilgan. Hududning eng ququr qismi – Beduoter sho'rxoklardan iborat bo'lsa, boshqa qismlarida ulkan qumli dyunalarni uchratish mumkin. 1933 yilda AQSh hukumati Ajal vodiysini milliy obida, deb e'lon qilib, davlat himoyasiga oldi. 1984 yilda vodiy YUNESKO qaramog'idagi biosfera qo'riqxonasiga, 1994 yilda esa Milliy bog'ga aylantirildi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan