SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
131415161719
20212223242526
2728293031  
Rossiyada "Buker" nomli adabiyot mukofoti ta'sis etilgan kun
1991-10-09

“Rus Bukeri’ mukofoti 1917 yildan keyin ilk nodavlat mukofoti sifatida qabul qilingan. Bu mukofot mamlakatning eng nufuzli adabiyot mukofoti sifatida tan olingan. Unda har yili rus tilida yozilgan eng yaxshi roman uchun taqdirlanadi. Mukofotning maqsadi eng yaxshi nasrga kitobxonlar e'tiborini jalb qilish, kitobning muvaffaqiyatini ta'minlash, rus adabiyoti uchun an'anaviy bo'lgan gumanistik qadriyatlar sistemasini tasdiqlashdir. Rossiyadagi mukofot asoschisi Booker plc kompaniyasi yetakchisi ser Maykl Keyndir. U shuningdek, 1969 yildagi Angliyadagi, Hamdo'stlik mamlakatlari va Irlandiya ta'sis etilgan Buker mukofotlari tashabbuschisi hisoblanadi. “Rus Bukeri”ning modeli o'zining ingliz o'tmishdoshidan farq qiladi. 1990 yillar boshida Rossiyada mukofot ta'sis etilayotgan paytlarda oldingi adabiy nashrlar sistemasi yo'q bo'lib ketgan, yangisi esa hali paydo bo'lmagan edi. Shu sababli nomzodlarni tanlash bo'yicha alohida institut tuzildi. Har yili 20-30 nafar tanqidchi va adabiyotshunoslar taklif etilib, ulardan har biri tanlovda ishtirok etish uchun oldin ikki, keyin uchta asarni taqdim etish lozim edi. Bu institut 2003 yilgacha faoliyat yuritdi. Endilikda Rus Bukerida tanlovida ishtirok etish uchun asarlarni taklif qilish huquqi (xuddi Britaniya Bukeridagidek) nashriyot va adabiy jurnallar tahririyatlari ham berildi. Shuningdek, tanlovga nomzodlarni tavsiya etish huquqiga yirik universitet va kutubxonalar ham ega bo'ldilar. Buker mukofotining hakamlar hay'ati besh kishidan iborat va har yili ular Buker komitetidagi taniqli adabiyotshunos va madaniyat arboblari tomonidan tanlab olinadi. Tanlovga hakamlar hay'ati a'zosi faqat bir muddatga saylanadi, istisno tariqasida oldingi hakam rais tomonidan saylanishi mumkin (yana faqat bir muddatga). Tanlov oldidan hakamlar hay'ati uch marta yig'ilish o'tkazadi. Birinchi marta “Uzun ro'yxat” ko'rib chiqiladi. Ikkinchisida ular oltita yaxshi asarni aniqlashadi. Tanlangan asarlar mualliflarining har biri 1000 AQSh dollari bilan taqdirlanadi. Tantanali ravishda bo'ladigan hakamlarning oxirgi taqdimotida mutloq g'olibning ismi aniqlanadi. G'olib hozirgi kunda 20000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 1992 yilda yozuvchi Mark Xaritonov “Taqdir chiziqlari yoki Milashevich sandiqchasi” romani uchun “Rus Bukeri” g'olibi bo'lgan. Keyingi yillarda bu mukofot Bulat Okudjava (1994), Lyudmila Uliskaya (2001), Vasiliy Aksyonov (2004) va boshqalarga nasib etgan.



Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan