
Andrey Vladimirovich Panin 1962 yil 28 mayda Novosibirskda tug‘ildi, ikki yildan keyin oilasi Chelyabinskga ko‘chib o‘tdi, yana bir yildan keyin - Kemerovoga, u yerda Andrey maktabdan so‘ng madaniyat institutida o‘qidi va rejisserlik fakultetini tugatdi. Bir qancha vaqt Minusinsk teatrida ishladi, keyin esa Moskvaga jo‘nadi. 1991 yilda MXAT Maktab-studiyasini (Aleksandr Kalyagin ustaxonasi) tugatib A. P. Chexov nomli MXAT aktyori bo‘ldi. Teatrda o‘ynagan spektakllaridan - “Uch opag‘singil”, “Ziqna ritsar”, “Uylanish” kabilar o‘rin oldi. So‘ngra quyidagilar bo‘ldi: Tabakov teatr-studiyasi spektakli “Halokatli qiliq (nomer)”, Yevgeniy Grishkovetsning “Qish” antrepriza sahna asari, A. S. Pushkin nomli teatrda “Kulgi akademiyasi” va “Arg‘imchoqdagi uch kishi”. Paninning kinodagi birinchi roli “Tug‘ri yo’lda (Po pryamoy)” filmida bo‘lgan. “Kuyinma ona”, “Ona” filmlari , “Kamenskaya” va “Chegara. Tayga romani” teleseriallarida o‘ynagan rollari unga mashhurlik olib keldi. 2000 yilda Andrey Panin Pavel Lunginning “To‘y” va Valeriy Axadovning “Ayollarni hafa qilish tavsiya etilmaydi”, shuningdek Aleksandr Atanesyanning “24 soat” jangari filmlarida ishtirok etdi. Aktyor mashhurligining oshishiga “Brigada”, “Jurov” seriallari hamda “Dabdaba”, “O‘lim ismli chavandoz”, “Hatto hayolingga ham keltirma-2: Mustaqillik sharpasi”, “Vera uchun haydovchi”, “Razillar”, “Sharpa bilan jang”, “Ko‘z bog‘lash”, “Kuyinma ona -2”, “Qandog‘ar” va boshqa filmlar xizmat qildi. 2005 yilda KVN Oliy ligasi jyuri a'zosi bo‘ldi. 2006 yilda VGIKda eksperimental aktyorlar ustaxonasini chiqardi. 2011 yilda Sherlok Holms haqidagi Rossiya serialida Doktor Vatson rolida suratga tushdi, ammmo ovoz berishga ulgura olmadi. Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist, “Billur Turandot” premiyasi laureati (“Halokatli qiliq (nomer)” spektakli uchun), “Chayka” premiyasi (1996 yilda “Eng yaxshi yaramas” nominatsiyasida “Kichik tragediyalar” spektaklida Baron roli uchun va 2001 yilda “Juft zarba” nominatsiyasida “Kulgi akademiyasi” spektakli uchun), “Yil sanami (kumir)” premiyasi (“Kulgi akademiyasi” da Subaki roli uchun, hamda 2001 yilda “To‘y” filmida Garkusha roli uchun), 2001 yilning “Triumf” yoshlar premiyasi - Panin shuningdek “Nika” va “Oltin qo‘y” kinopremiyalari bilan taqdirlangan, “Yevropaga darcha”, “Yulduzlar turkumi” va boshqa festivallar sovrini soxibi. 2013 yil 7 martda akter Andrey Panin Moskvadagi o‘z kvartirasida boshidan mayib bo‘lgan, o‘lik holda topildi. Bu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra u bir kun avval- 6 martda vafot etgan.