SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    123
4568910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Ingiliz yozuvchisi Yan Fleming tavallud topgan kun
1908-05-28

Yan Lankaster Fleming 1908 yil 28 mayda Londonda o‘ta o‘qimishli oilada tug‘ildi. Ta'limni Itondagi xususiy kollejda, so‘ngra Qirollik harbiy akademiyasi va Yevropa universitetlarida olgan. Shuningdek, yozuvchi rus tilini o‘rgangani haqida ma'lumot berilgan. Fleming Reyter agentligida xizmat qilgan, keyinroq “Tayms” gazetasida muxbir bo‘lgan. Ikkinchi Jahon urushida  qatnashgan. 1945 yilda Martin Bormanni o‘g‘irlash operatsiyasida qatnashganini ko‘rganmiz degan guvohlar ham bor va bu operatsiyaning qiziq nomi bo‘lgan – “Jeyms Bond”.  1946 yilda  Fleming iste'foga chiqqan. Fleming ijodining  birinchi qaldirg‘ochi “Kazino Reayal” (1953 yil) romani bo‘lib, uning bosh qahramoni hozir mashhur bo‘lgan  agent 007 Jeyms Bond edi. Birinchi romanning esankiratadigan yutug‘idan so‘ng, Fleming shu qahramon bilan yana 13 roman yozdi. Ingliz yozuvchisining deyarli barcha asarlari zamonaviy rejissorlar tomonidan  ekranlashtirilgan. U nafaqat ijodkorga, balki mashhur Jeyms Bondni o‘ynagan ko‘plab aktyorlarga ham mashhurlik keltirdi. Ko‘pchilik Fleming  Jeyms Bondni o‘zidan olib yozgan, aniqrog‘i, o‘zi qanday bo‘lishni hohlar edi: aqlli, yoqimli,  or-nomusli, haqiqatgo‘y kabi  mangu tushunchalarning timsolini o‘zida mujassam etgan qilib ko‘rsatgan. Yozuvchi Yan Fleming 1965 yil 12 avgustda  qadirdon Londonida vafot etdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan