
Monako knyazligining poytaxti Monte Karlo nafaqat o‘zining
tabiiy go‘zalligi, avto ralli, Formula -1 poygalari bilan mashhur. Har yili aynan shu yerda
yanvar oyi davomida dunyo bo‘yicha sirk artistlarining - “Ertangi kun sirki”
deb nomlangan eng mashhur forumi o‘tkaziladi. Festival 1974 yilda Monako
hukmdori - knyaz Rene III tomonidan sirk san’atiga, sirk sulola va oilalariga
ko‘mak berish maqsadida tashkil
qilingan. Knyaz Rene III sirkning ashaddiy ishqibozi bo‘lganligi sababli
festivalning ochilish sanasini o‘z
hukmdorligining 25 yilligiga to‘g‘rilagan. Festivalning tashkiliy qo‘mitasi
tadbirning faxrli raisi o‘rnini knyazning qizi - malika
Stefaniyaga topshiradilar. U shouning
tashkiliy ishlarida va tadbir
ssenariysini tayyorlashda qatnashadi.Tadbirda
an’anaviy sirk nomerlari bilan
shuningdek ,yosh yangi sirk mutaxassislari
ishtirok etadilar.Aynan bu festival birinchi bo‘lib tashkil qilingan
va xalqaro sirk arenasida unga teng keladigani yo‘q, butun dunyodan eng
zo‘r sirk artistlari- hayvon o‘rgatuvchilar , masxarabozlar, akrobatlar maxsus ular uchun qurilgan mashhur sirk
arenasi - shapito Fonveyda yig‘iladilar. Festival tarixi davomida u faqat ikki
marotaba, 1982 yilda Rene IIIning mashhur rafiqasi - Greys Kelli vafot etganida
va 1991 yilda harbiy yurishlar davomida o‘tkazilmagan. Sirk san’atkorlari uchun
bu festival Kann kinofestivali bilan tenglashadi. Oliy sovrin - “Oltin
masxaraboz” esa, o‘zgacha sirk Oskari hisoblanadi, u uchun barcha ishtirokchilar bellashadilar.
Festivalda boshqa janrlar uchun ham mukofotlar beriladi.