
24 iyul kuni Finlandiyaning Kotka
degan shahrida Dengiz Festivali o’tadi. “Kotka Maritime Festival” o’tkaziladi.
Bu shahar Sankt-Peterburg shahari
bilan chegaradosh. Har yoz Kotka
aholisi kamida bir yuz ming odamga ko’payadi. Bu shaharga butun dunyodan
odamlar Dengiz festivaliga tashrif buyurishadi. Ushbu bayram Finlandiyada eng
katta yozgi festival bayrami deb nisholanadi. Bayram payitida Dengiz poygasi
yosh bolalar Dengiz festivali, djass
festivali, dengiz ashullalari ko’nkursi
va har hil konsertlar o’tkaziladi va albatta dengiz bozori hamda dengiz
taomlarini degustatsiyasi bo’lib o’tadi. Dengiz bo’yida baltik kemalar, parusniklar
va yaxtalar turgan bo’lishadi. Milliy an'analarga ko’ra kemalarda ochiq eshik
kunlari o’tkaziladi. Kotka shaharida
Dengiz Festivali 1962 yildan boshlab nishonlanadi. Bu Festival oilaviy
bayram deb hisoblanadi. Yunisef dasturi tomonidan uyushtirilgan bolalar
Dengiz bayramining eng muhim qismidir. Har bir kichik tomoshabin
sahnada o’z aktyorlik mahoratini ko’rsatish
mumkin-sh'er, ashula, raqs. Festival davomida har xil o’yinlar, masqarabozlar
ko’rsatuvlari o’tkaziladi. Maxsus
maydonchalarda bolalar har xil rasmlar chizib, yog’och va qog’ozdan o’yinchoqlar
yasashadi. Shahar ko’chalarida dengiz mahsulotlaridan
pishirilgan taomlarni mazasini ta'tib bilsa bo’ladi. Dengiz Festivalining
programmasi mehmonlarga har-xil ekskursiyalarni taklif qiladi. Masalan;
Dengizda qayiqlarda sayr qilish, ellikdan oshiq
baliqlar turi “Maretarium” akvariumni tomosha qilishdir.