SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    123
4678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Germaniyada birinchi “xalq” avtomobili “Folksvagen” ishlab chiqarilgan kun
1936-02-26

26 fevral (1936y) Germaniyada birinchi “xalq” avtomobili “Folksvagen” ishlab chiqarilgan. Ishlab chiqaruvchi, avtokonstruktor Ferdinand Porshe, 1931yilning martida “Porshe konstruktorlik byurosi” tashkil etib, avtomobil, samolyot va kemalar uchun dvigatellar ishlab chiqarish bilan shug‘ullana boshladi. Uning orzusi narxi aholining keng qatlami uchun to‘g‘ri keladigan avtomobil yaratish edi. O‘sha paytda hokimiyat tepasiga kelgan sinf vakillari bergan buyurtma Porshening orzusi amalga oshishiga imkon bo‘ldi. 1936 yilning 26 fevralida Germaniyaning Shtutgart shahrida birinchi xalq avtomobili “Folksvagen” ishlab chiqarildi. 1937 yilda “Folksvagen” seriyali ravishda chiqarila boshladi. Shuningdek, yalpi ishlab chiqarish Germaniyada yirik avtozavod qurishga qaror qabul qilindi. Uning qurilishi 1938 yilda Volfsburg shahrida boshlandi. Bu zavod ilk ko‘rinishida 1944 yilgacha mavjud edi. Urush davrida ba’zi bir ishlab chiqarish binolarini hisoblamaganda bu zavod amerika aviatsiyasi tomonida deyarli  yo‘q qilindi. Urushdan keyingi yillarda 1945 yilda “Folksvagen” kompaniyasiga 20000 avtomobil ishlab chiqarishga buyurtma bergan ingliz hukumati zavodni tiklash ishlarini  o‘z zimmasiga oldi. Ikkinchi jahon urushi tugagandan so‘ng 27 yildan keyin “Folksvagen” eng ko‘p sotiladigan avtomobilga aylandi. Ferdinand Porshe o‘z ixtirosining mag‘rur sohibi sifatida avtomobilning birinchi chizmalaridan tortib jahonshumul darajaga yetguncha shuhrat qozondi. 1955 yilda millioninchi “Folksvagen”ning ishlab chiqarishning tantanali  marosimi bo‘lib o‘tdi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan