SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Dekabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
345689
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
O'zbekiston xalq artisti Nuriddin Haydarov tavallud topgan kun
1957-08-01

O'zbekiston xalq artisti Nuriddin Haydarov 1957 yil 1 avgustda Toshkent viloyati, Oqqurg'on tumanida tug'ilgan. 1978 yilda Farg'ona davlat universitetining pedagogika fakultetini tamomlagan. 1993 yildan boshlab O'zbekiston Ichki ishlar vazirligida faoliyatini davom ettirdi. 1990 yilda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist. 1997 yilda”Ona zamin yulduzlari” festivali sovrindori bo'lgan. 2001 yilda O'zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo'ldi. 2003 yildan beri O'zbekiston Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahar bosh boshqarmasida xizmat qilib kelardi. Harbiy darajasi – militsiya  podpolkovnigi. To'rt nafar qiz, ikki o'g'ilning otasi va uch nevaraning bobosi edi. San'atda bir qoida bor. Biror xonandaning qaysidir bir qo'shig'i bir umrlik timsoliga aylanib qoladi. - Men “Yulduzim”, “Nasibam” nomli qo'shiqlarim orqali tanilib bo'lgandim, - degan edi xonanda. Nuriddin Haydarov yosh xonandalarni har doim qo'llab-quvvatlardi. San'atimiz rivojidagi xizmatlariga esa, hukumatimiz rahbariyati tamonidan alohida e'tibor berildi. 2001 yilda Prezidentimiz Farmoniga ko'ra. “O'zbekiston Xalq artisti” unvoni bilan taqdirlangan edi.



Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan