SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
8910111213
15161718192021
22232425262728
293031    
Bolalar yozuvchisi Ilyos Muslim tavallud topgan kun
1909-08-02

Bolalar uchun asarlar yaratishdek sermashaqqat va qutlugishga umrini bagishlagan Ilyos Muslim 1909-yilning 2-avgustida Qirgizistonning Bishkek shaharida choyan quyuvchi-hunarmand oilasida dunyoga keladi. U 1924-yilda 1-boshlangich ozbek maktabiga kiradi. Maktabda ozbekcha, qirgizcha va ruscha kitoblarni sevib oqiydi, atrofda bolayotgan ozgarishlarga sinchikovlik bilan qaraydi. Dastlabki maqola va she’rlari maktab devoriy hamda respublika gazetalarida bosilib turadi. 1927-yilning kuzida Ilyos Muslim Toshkentga kelib, o’zbek erlar bilim yurtiga o’qishga kiradi. 1930-yilda u bilim yurtini muvaffaqiyatli tamomlagach Qashqadaryoga yo’llanma oladi. Yakkabog’ tumanidagi Shaman-Qirg’iz va Sherozi qishloqlarida o’qituvchilik qilib, yoshlarga bilim beradi. 1931-1942-yillarda Ilyos Muslim O’zbekiston  davlat nashariyotida, badiiy adabiyot, yoshlar va bolalar adabiyoti nashiriyotida, muharrir, bosh muharrir, direktor o’rinbosari vazifalarida ishlaydi. Shoirning dastlabki she’rlari “Yer yuzi”, “O’zbekiston adabiyoti va san’nati”, “Yosh kuch” kabi bir qator jurnallarda bosilib chiqadi. Shoirning birinchi she’rlar to’plami 1932-yilda “O’suv” nomi bilan kitobxonlar hukmiga havola etiladi. Shu yili “Zaharxandalar” degan ikkinchi to’plami, 1934-yilda “Miqti keldi” dostoni bosilib chiqadi. 1938-yilda esa “She’rlar” to’plami chop etiladi. Shoirning “Miqti keldi” dostoni 30-yillar o’zbek bolalar adabiyotida o’ziga xos o’rin tutadi. Dostonda erkin, tinch va osuda hayotni  bunyod etish uchun kurash Miqti va boshqa obrazlar misolida yoridiladi. 1947-yilda harbiy xizmatni o’tab bo’lgach, Ilyos Muslim nashriyotga qaytib, ijodiy ishga beriladi. Uning “Turnalar”, “Bizning maktab”, “Sening sovg’ang”, “Tilla qo’ng’iz”, “Ishchan asalarilar”, “Oylar aytishuvi”, “Oyxon va Rayhoy”, “Ko’rik”, “Birinchi sovg’a” kabi kitoblari o’zbek bolalar adabiyotining rivojlanishiga barakali hissa bo’lib qo’shildi. Bu to’plamlar yosh kitobxonlarning аqliy, axloqiy va estetik tarbiyasida yetakchi ro’l o’ynab kelayotir. Ilyos Muslimning qaysi asariga nazar tashlamang, unda kichkintoylar hayotiga doir muhim muammolar tasvirlanganini ko’rish mumkin. Masalan, “Maktabim” asarida maktabdan aziz va mo’tabar joy yo’qligi, u “ona kabi mehribon” bir makon ekanligi ulug’lanadi. Ilyos Muslim o’z she’rlarida vatanimizning go’zalligi, bolalarning tinch va osuda hayotini kuylar ekan, ularning porloq kelajagiga nazar tashlaydi. Shu jihatdan “Do’stlik” she’ri diqqatga sazovordir. Ilyos Muslim “Sening sovg’ang” nomli she’rida o’z hunari bilan onasini xursand qilgan chevar qizning lirik obrazini yaratadi. Chevar qizdagi eng yaxshi fazilatlardan biri uning mehnatga mehr bilan, chin dildan berilishida ko’rinadi. Bu she’rda turli she’riy vositalar yordamida ifodalanadi. O’zbek bolalar adabiyotining atoqli vakili Ilyos Muslimning jozibali she’rlari juda ko’p. Uning fazogirlarga bag’ishlab yaratgan “Raketamiz uchdi oyga”, “To’rt botir”, “Haykal” va boshqa she’rlarida dovyurak fazogirlar, fazo kemalarini bunyod etayotgan kishilar, fazoga parvoz ishtiyoqidagi bolalar qalamga olinadi. Shoirning “Eshmatvoyning qilig’i”, “Yomon odat”, “Befahm Eson”, “Xolcha bilan olcha”, “Mashmasha”, “Girippdan kim qochadi?” singari yumaristik asalarlarida ishyoqmas, dangasa, lapashang bolalarning kamchiliklari, nuqsonlari ochilib tashlanadi.

Malumot:O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2006.



Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan