
Ushbu kutubxona Ottavadagi parlament tepaligidagi Kanada Parlamenti binosi majmuasida joylashgan. Shu tepalikdan hayratga soladigan chiroy ichidan Otava daryosi ko‘rinadi. Aytishlaricha ushbu bino majmuasi —dunyodagi eng chiroyli hukumat majmuasi ekan. Parlament va boshqa imoratlar yevropa gotikasi uslubida qad rostlagan. Devorlarning kulrang toshlari yorqin yashillangan mis tomlardan ajaralib ko‘rinadi. Parlament kutubxonasi Kanadaning Yuqori va Quyi qonun chiqaruvchi palatasining kutubxonasi sifatida paydo bo‘ldi. U 1876 yilda ochildi.Kutubxona binosi me’morlar T.Fuller va X. Jons tomonida yuqori viktorian neogotik uslubda ishlab chiqilgan, biroq bunday me’morlik yechimi Britaniya o‘quv zalini ishlagan mutaxassislarni ilhomlantirgan. Tom uch qavat tarzida qurilib gumbaz shaklida ishlangan.Bino ichida turli ranglar teksturasi va qo‘l ishlarini ko‘rish mumkin. Bu me’morchilikda o‘ziga xoslikni ta’minlagan. Asosiy o‘quv zali qubbasimon shiftga ega, devorlar gullar va afsonaviy mavjudodlar tasviri tushirilgan qarag‘ay panellari bilan qoplangan. Xonalarni birlashtiruvchi yo‘laklarda 1876 yillardagi Kanada provinsiyalarining gerblari tasvirlangan. Zal markazida qirolicha Viktoriyaning oq haykali savlat to‘kib turibdi(haykaltarosh M. Vud, 1871 yil). Shimoliy galereyada shahzodalar Eduard, Uelskiy, Aleksandrlar va malika Uelslarning oq marmar haykallari mavjud. Parlament kutubxonasi parlament a’zolari va uning xodimlariga, parlament qo‘mitasi a’zolari va vakillariga, Senat va deputatlar palatasi amaldorlariga tadqiqiy va ma’lumot beradigan xizmat turlarini va axborotlarini tavsiya qiladi. Bosh kutubxona binosi o‘quv zali va ma’lumotlar xizmatini o‘z ichiga oladi. Tashrif qiluvchilar uchun maydonlar kengaytirilgan, asosiy kolleksiya va nodir kitoblar saqlanadigan joylarda sharoitlar yaratilgan. Malakali xodimlar har kuni axborotlar ulashib va ma’lumot yordami ko‘rsatib yuzlab rasmiy talablarni amalga oshiradilar, foydalanuvchilar ko‘pincha bir necha soat ichida buyurtmalariga javob oladilar. Huquq, iqtisod va boshqa sohalardagi mutaxassislar qonunchilik va davlat siyosati masalalarining tadqiqoti va tahlili bo‘yicha adabiyotlar bilan ta’minlaydilar.