SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2022
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
151617181920
21222324252627
28293031   
Bekobod tumani tashkil etilgan kun
1926-09-29

Bekobod tumani - Toshkent viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabrda Sirdaryo viloyati Yangiyer tumaniga qo’shib yuborilgan, 1963 yil 17 aprelda qayta tuzilgan). Shimolida Toshkent viloyatining Bo’ka tumani, g’arbda Sirdaryo viloyati, sharq va janubda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,76 ming km2. Aholisi 127,7 ming kishi (2000). Bekobod tumanida 1 shaharcha (Zafar) va 12 qishloq kengashi (Bahoriston, Bekobod, Guliston, Dalvarzin, Jumabozor, Madaniyat, Mehnatobod, Oxunboboyev, Pushkin, Chanoq, Yangi hayot, Qiyot) bor. Markazi—Zafar shaharchasi. T a b i a t i. Tuman hududi Dalvarzin cho’li va qisman Mirzacho’lda joylashgan. Eng sharqida yer yuzasi bir oz o’rqir. Tumanning adir qismida jar ko’p. Tuman hududi Sirdaryo tomon qiya. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning o’rtacha t-rasi — 2,5 gradus iyulniki 28,5 gradus. Yiliga 227 mm yog’in tushadi. Vegetatsiya davri 220 kun. Tumanning janubida shamol ko’p bo’ladi. Janubiy-sharqdan shimoliy-sharqqa tomom Sirdaryo oqib o’tadi. Sirdaryo sohilida qoldiq ko’llar (Qolgansir, Katta Qolgansir, Yangiko’l, Haybatko’l, Qozon, Sho’rko’l) bor. Dalvarzin (Ung va so’l tarmoqlari bilan), Jivali, O’rtoqli, Do’stlik kanallari va Xasyoz arig’i oqib o’tadi. Tuprog’i o’tloqi va o’tloqi-botqoq, oqish bo’z tuproq. Botqoq, sho’r bosgan va eroziyaga uchragan yerlar ham bor Bekobod tumanida miya, yantoq, qamish, qo’g’a, yulg’un, qiyoq kabi o’simliklar o’sadi. Chiyabo’ri, to’qay mushugi, bo’rsiq, qo’shoyoq, ko’rsichqon, kaltakesak va ilonlar, qushlardan o’rdak, loyxo’rak, qirg’ovul, sufito’rg’ay, chumchuq va boshqalar yashaydi. Aholisi, asosan o’zbeklar, shuningdek tatar, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga o’rtacha 160 kishi to’g’ri keladi. Shaharliklar 8,1 ming kishi, qishloq aholisi 119,6 ming kishi (2000). X o’ j a l i g i. Tuman hududida Farhod GES, Sirdaryo GRES, Dalvarzin paxta tozalash zavodi, kanop tayyorlash punkti joylashgan. Qishloq xo’jaligida paxtachilik yetakchi o’rinda. Bog’dorchilik, pillachilik, polizchilik, sabzavotchilik bilan shug’ullaniladi. Tumanda 2 qo’shma korxona, 26 kichik korxona va 2 kooperativ korxona mavjud. Bulardan eng muhimlari: “Niyoz”, “Yudluz”, “M. Yulchiyev”, “Feruza” va boshqalar. Qishloq xo’jaligida sug’oriladigan yerlar 37,9 ming ga, shu jumladan 19 ming ga yerga paxta, 300 ga yerga sabzavot, 4,2 ming ga yerga sholi ekiladi. Adirlarda bahori va kuzgi arpa, bug’doy, sug’oriladigan yerlarda sholi ekiladi. Bekobod tumanida 12 jamoa xo’jaligi, 1 xo’jaliklararo korxona, 2 shirkat xo’jaligi, 330 fermer xo’jaligi va boshqa xo’jaliklar bor (2000). Chorvachilik bilan ham shug’ullaniladi. Tuman jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida 34486 qoramol, 147I2 qo’y va echki, 179600 parranda bor (2000) Tumanning janubdan Farg’ona vodiysiga boradigan temir yo’l Toshkent—Bo’ka—Bekobod avtomobil yo’li o’tgan. 1999/2000 o’quv yilida 62 umumiy ta'lim maktabida 31,5 ming o’quvchi ta'lim oldi. 50 ommaviy kutubxona, 18 klub, 10 kinoqurilma, 26 madaniyat uyi, 435 o’rinli 3 kasalxona va dispanser, 27 tibbiyot punkti bo’lib, ularda 191 vrach 1201 o’rta ma’lumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1931 yildan “Bekobod ovozi” tuman gazetasi chiqadi (adadi 1200).

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2000.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan