
1967 yil 3-dekabr Grote Sxur (Janubiy Amerika)lik xirurg 54 yoshli Lunsu Vashkanskiyga avtoxalokatda uchragan yosh ayolning yuragini birinchi marotaba o‘tkazgan. Bu operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan bemor 18 kundan so‘ng o‘pka shamollashi kasalligidan o‘lgan. Ikkinchi bemor 19 yoshli yangi yurak bilan yashagan. 1968 yilda 100dan ziyod kishining yuragi bir-biriga o‘tkazilgan. 1980 yillarda bunday jarrohlik amaliyotlari ko‘plab qilingan. Barnard ko‘plab yurak xastaliklari bo‘yicha maqolalar yozgan. 1999yilda Kristan Barnard o‘z xayriya fondini tashkil etgan, xayriya aksiyalarini o‘tkazgan. U bolalar klinikalariga va Chernobl avariyasidagi jabrlanganlarga yordam bergan. Ikkinchi jamg‘armasi “Dunyo yuragi”-kam ta'minlangan hayot darajasi past mamlakatlardagi ona-bolalarga yordam berish uchun tuzilgan.