SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2018
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
91011121415
16171819202122
23242526272829
3031     
O'zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa'diyev tavallud topgan kun
1940-12-06

Xayrulla Sa'diyev  6- dekabr 1940 yilda Toshkentda tug‘ilgan.1963yilda O‘zbekiston davlat teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgan. Xayrulla Sa'diyev avval Xamza teatrida Zuhur Qobulov qo‘ygan “Bulutlar tarqaganda” spektaklida qatnashadi. Toshxo‘ja Xo‘jayev:” Yigit, siz asli yosh tomoshabinlar teatriga mossiz. Adashmang”, deb maslahat beradi. Shundan keyin u yo‘llanma bilan Yosh tomoshabinlar teatriga ishga keladi. Institutda ustozlari Nazira Aliyeva, Toshxo‘ja Xo‘jayevlardan tahsil olgani, yosh tomoshabinlar teatrida Ibrohim Ahmedov, Afandixon Ismoilov, Vohid Qodirov, Obid Tolipov kabi sahna ustalaridan aktyorlik san'ati sirlarini o‘rgangani uning teatrida o‘z o‘rnini topishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. G‘. G‘ulomning “Shum bola” asari X. Sa'diyevni keng jamoatchilikka tanitdi. Keyinchalik bu qissa televideniyeda ham sahnalashtirildi. Bunda, albatta Shum bola obrazini mohirona ijro etgan X. Sa'diyevni hissasi katta edi.  X. Sa'diyev yosh tomoshabinlar teatrida ishlagan davrlaridayoq o‘z ijodiy qiyofasiga va uslubiga ega bo‘ldi. X. Sa'diyev 1990 yilda “O‘zbekiston halq artisti” unvoniga sazovor bo‘ldi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan