SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Yanvar 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
13141516171819
202122242526
2728293031  
Londonda mimiklar festival kuni
1977-01-13

Birinchi spektakl falsafiy  "Kimdir, nimadir" nomi bilan bo‘lib o‘tgan va bu o‘ziga xos raqs, pantomimo, musiqa birlashuvidir. Dasturda art-xaus raqsi bo‘ladi- bu his-tuygu va harakat yigindisi, shuningdek bolalar va kattalar uchun mo‘ljallangan qo‘girchoq spektakllaridan iborat. Tadbir tashkilotchilari tomoshabinlarni arzon narxlar bilan mamnun qiladilar. Mashhur pantomimo ustalarining spektakllarini o‘z ko‘zingiz bilan atigi 7 yevro narxda ko‘rishingiz mumkin. 13 dan 31 yanvargacha Londonda Xalqaro mimlar festivali bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 10ga yaqin turli mamlakatlardan kelgan  15ta truppa qatnashadi, shuningdek pmntomimo janrida ijod qiluvchi 13 ta Londonlik kollektivlar ishtirok etishadi. Shou shaharning eng yirik maydonlarida namoyish qilinadi. Tomoshabinlar qulayligi uchun hamma tadbirlar bir necha turkumga bo‘linadi: sirk elementlari ishtirokidagi shou, qo‘girchoq spektakllari, kattalar va bolali oilalar uchun shou. Turli shoularga chiptalar 6,5 funtdan(7 yevroga yaqin) to 20 funtgacha (22evro). London mimlar festivali 1977yildan boshlab har yili o‘tkaziladi. Festival saytining ma’lum qilishicha, tomoshabinlarga bunday yoqimli sukunatda dam olish boshqa hech qaerda mavjud emas. Uning o‘tkazilishi birinchi bor britaniyalik masxaraboz Noloy Reem tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan. Amsterdamdagi telbalar festivalidan ilhomlangan masxaraboz, o‘zining shaxsiy festivalini tashkillashtirdi va unda aynan pantomimoga asosiy nazarni yo‘naltirdi.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan