SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Amerikalik aktyor va rejissor Leonardo Vilgelm Di Kaprio tavallud topgan kun
1974-11-11

Amerikalik aktyor va rejissor V.D.Kaprio 1974 yil 11 noyabrda Los-Andjelesda tug'ilgan. Besh karra “Oskar” mukofoti nominanti, VAFTA mukofotining 3 karra sovrindori, “Oltin globus” mukofotiga 2 marta loyiq deb topilgan. Otasi Jordj Di Kaprio italyan-nemis oilasidan kelib chiqqan. Onasi Irmelin Di Kaprio, qiz onasi Lidenbirken g'arbiy Germaniyaning Or-Erkenshvike shahrida tug'ilgan. Uning otasi Vilgelm Indenbirken, onasi esa rus ayoli Elena Stepanovna Smirnova Rossiyadan Germaniyaga kelib turmushga chiqqan va erining familiyasiga o'tgan. Leonardo Di Kaprio Vladimir Putin bilan suhbatlashganda mening buvam ham rus bo'lgan deb aytgan va qo'shib qo'ygan: “Men yarim rusman”. Italiyadagi muzeylarga borib rassom Leonardo da Vinchining ishlarini tomosha qilgan Yelena Stepanovnaning sharofati bilan bo'lg'usi aktyor Leonardo ismiga ega bo'lgan. Leo yoshiga yetganda ota-onasi ajrashib ketadi va o'g'il onasi bilan qoladi. Ular Los-Andjelesdan bir nechta kvartal narida yashashardi. Seeds Elementaru School maktabini tugatib, keyin Los Anjeles Center for Enriched Studeies universitetiga o'qishga kiradi. 2.5 yoshga to'lgan Leoni otasi mashhur bolalar shousiga olib boradi. 14 yoshida Leonardo Di Kaprio aktyor bo'lishga qaror qiladi. U o'zining ismi va soch qo'yish uslubi yoqib qolgan vakilni topadi. U 30 dan ortiq reklama roliklarida va bir nechta seriallarda ishtirok etadi. Masalan: “Santa Barba”, “Lessining yangi sarguzashtlari”, “Rozanna” va boshqalar. Uning debyut filmi “Zubastiki”. 1991 yilda Robert De Niro va Ellen Barkin bilan birga “Bu yigitning hayoti” nomli kinoda birga o'ynaydi. Keyinroq 1993 yilda u Jonni Depo bilan “Gilbert Greypni nima qiynadi” filmida o'ynaydi. Bu filmda u Arni, Gilbertning aqliy jihatdan qoloq ukasi rolini ijro etadi va bu roli uchun Di Kaprio birinchi marta “Oskar” va “Oltin globus” mukofotiga loyiq deb topiladi. Jeyms Kemeronning “Titanik” filmidagi roli uni jahonga mashhur bo'lishiga sabab bo'ldi. Film yilning asosiy madaniy voqelaridan biri bo'lib qoldi va “Oskar” ning 11 ta mukofotiga sazovor bo'ldi. Leo esa ikkinchi marta “Oltin globus” mukofotiga ega bo'ldi. Aynan “Titanik” dagi roli tufayli u Gollivudning eng yuqori pul to'lanadigan aktyorlari qatoridan joy oldi. Di Kaprio oq-qora rangda olingan Vudi Allenning “Mashhurlik” filmida paydo bo'ladi. Shu yili u “Temir maskali odam” filmida Lyudovik XIVni o'ynaydi. Kritiklarning sovuq reaksiyasiga qaramay film 180 mln dollar to'playdi. Keyin Di Kaprio Denni Boylning “Plyaj” sarguzasht dramasida amerikalik sayyoh rolini ijro etgan. Yaxshiroq hayot qidirib Tailandga kelgan amerikalik sayyoh keyinroq sirli orolga – haqiqiy jannatga yo'l oladi. Bu filmda Virjiniya Leduayen va Tilda Suinton ham ishtirok etishgan. Uning quyidagi filmlari shuhrat qozongan: “Romeo+Juletta”, “Basketbolchi kundaligi”, “Titanik”, “Plyaj”, “Nyu-York o'g'rilari”, “Uddalay olsang meni ushla”, “Aviator”, “La'natlanganlar oroli”, Gilbert Grepni nima qiynaydi”, “Murtadlar”, “Ulug' Getsbi”, “Uoll-strit” bo'risi”, “Temir maskali odam”,“Ozod qilingan Jango”.



Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan