SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Fizik olim Muhsinjon Ashurov Xurramovich tavallud topgan kun
1949-11-19

1949 yil 19 noyabrda Samarqand shahrida tug'ilgan fizik olim, O'zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi.(1995), professor (1995), fizika-matematikа fanlari do'ktori (1989). Samarqand Davlat Universitetini bitirgan (1971). O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi institutida tadqiqotchi xodim, labarato'riya mudiri, direktor o'rinbosari (1971-1991), “Fonon” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori (1991yildan). Ilmiy ishlari, qattiq jismli lazerlar fizikasiga oid. O'zbekistonda birinchi bo'lib optik va lazer kristallarni o'stirish va shu kristallarni xalq xo'jaligiga bevosita tatbiq etish bilan shug'ullangan. Shu bois “Fonon” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi vujudga keldi. Birlashmada O'zbekiston Respublikasi orden, medallari va nodir tangalari tayyorlanadi. Ashurov lazer kristallar radiatsion optik xossalarini boshqarish texnologiyasi va radiatsiyaga bardoshli lazer kristallarini sintez qilishga doir tavsiyalarni ishlab chiqqan.  Mazkur tadqiqotlar asosida intensiv (dozasi 10 R va undan yuqori) nurlanish sharoitida qattiq jismli lazerlarning generatsiya va modulyatsiya xossalarini yo'qotmaydigan yuqori samarali faol va sust elementlar yaratdi. Ashurov 1 va 2 chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. “Do'stlik” ordeni bilan mukofotlangan (1997).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan