SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Dekabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
345789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
Turinda shokolad festivali
2003-11-21

2003 yildan buyon o'tkazilib kelinayotgan Turin shokolad festivali 21 noyabrda ( 2014 yil hisobi bo'yicha) o'tkaziladi. Hozirgi vaqtda Turinni Italiyaning shokolad markazi deb atash mumkin: bu yerda har yili bu shirinlikdan 85 ming tonna ishlab chiqariladi, bu esa shokolad ishlab chiqarishning dunyo bo'yicha 40%ini tashkil qiladi. Festival kunlarida shokoladning har-xil turlaridan tatib ko'rishlari, ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatishlari mumkin. “CioccolaTo” festivali o'n kun davom etadi va shu kunlarda ko'plab tomoshalar, madaniy tadbirlar, o'yinlar va bolalar uchun musobaqalar o'tkaziladi. Lekin voqealar markazida, albatta, shokolad turadi. Shokoladdan xohlagancha tatib ko'rish, ishlab chiqarishni kuzatish, mahalliy shokoladga baho berish mumkin. Ko'rgazma maydonida shokolad fabrikasi ishlab turadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan