SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2018
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141517181920
21222324252627
28293031   
Yozuvchi va shoir Eshqobil Shukur tavallud topgan kun
1961-07-20

Eshqobil Shukur she’riyati o’zining majoziy ranglar, musiqiy ohanglari limmo-llimligi va qadimiy bitiklar asosiga yo’g’rilganligi bilan ajraladi. U 1961 yilda Surxondaryo viloyatining Qumqo’rg’on tumanidagi Boymoqli qishlog’ida tug’ilgan. O’rta naktabni tugatgach, Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil oldi. Shundan buyon turli nashriyot va taxririyatlarda ishlab keladi. Uning ijodi 80-yillardan boshlangan. Shoirning “Qadimgi bitiktoshlarga yozuvlar”, “Mengim momoning yo’qlovi” singari dastlabki she’rlaridayoq majoziy obrazlar va xalq she’riyatiga hamohang bo’lgan musiqiy sadolar eshitilib turdi. O’sha unutilayotgan xalq ohanglari yangicha zamonaviy kuylarga qorishib, yangi sifatlar kasb etdi.  Shu tarzda shoirning “Yurakni o’rganish” nomli ilk  she’riy to’plami tug’ildi va u 1986 yili chop etildi. 1988 yilga kelib muallifning “Sochlari sumbul- sumbul” segan ikkinchi she’riy guldastasi nashr etildi. 1989 yili yaratilgan “Tungi gullar” nomli uchinchi to’plami esa Respublika yoshlar tashkilotining Usmon Nosir nomidagi mukofotiga sazovor bo’ladi.  Eshqobil Shukurning to’rtinchi she’riy guldastasi 1995 yilda nashr etilgan bo’lib, u “Yashil qushlar” deb ataladi.  To’plam kitobxon va adabiy jamoatchilik tomonidan iliq qabul qilindi. Unga kirgan ko’pchilik she’rlar chuqur majoziy ma’noga ega ekanligi, ayni chog’da, soda, ravon tili va xalqona uslubi bilan kitobxonni o’ziga rom etdi. Shoir she’rlari majoziy ma’no va sifatlardan tashqari, so’fiyona naqllarga chatishgani bilan ham o’quvchini  hiddiy o’lashga, fikrlashga, ba’zan esa baxsga tortadi.  Eshqobil Shukur “Oqibat oqshomi’ va “Padarkush’ kabi  nasriy asarlar hamda ‘Ibtido xatosi”, ‘Naqshband” kabi dramatic dostonlarning muallifi hamdir.Uning asarlari bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan