SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Pragada Rojdestvo yarmarkasi kuni
0000-11-29

29 noyabrdan 11 dekabrgacha Pragada ajoyib bayram atmosferasi hukmronlik qiladi, yarmarka rojdestvo bayramlari sirli bo'lishini asosiy kalitidir, shuning uchun rang-barang olovlar bilan bezatilgan shahar markazi shaharliklar va turistlarni o'ziga jalb qiladi. Bozorlar yarqiratib bezatilgan yog'och uychalarda bo'ladi va u yerda an'anaviy qo'l mehnati mahsulotlari, yog'och o'yinchoqlar, bogem xrustallari, tilladan ishlangan buyumlar, kashtado'zlik, metall buyumlar, kulolchilik likoplari va krujkalar, xushbo'y shamlar, bosh kiyim, qo'lqop va sharflar, chiroyli kiyintirilgan qo'g'irchoqlar va albatta archa o'yinchoqlari sotiladi. Lekin Pragada rojdestvo bozorlari bu faqat magazinlar emas. Tashrif buyuruvchilar ishlab chiqarish jarayonini kuzatishlari, bundan tashqari, barcha mahalliy ovqatlar va ichimliklardan totib ko'rishlari mumkin. Bu yerda chex usulida pishirilgan son go'shti va va albatta juda shirin sosiskadan tayyorlangan barbekyular ham bo'ladi. Qo'shimchasiga chex pivosi va ichimliklari. Qo'lda qaynoq chex vinosini ushlagan holda rojdestvo buyumlarini sotib olish qanday maroqli! Staromest maydonidagi rojdestvo bozoriga hayvonlar saqlanadigan maydoncha quriladi va bolalar u yerda qo'ylar, echkilar va eshaklarni tomosha qilishlari mumkin bo'ladi. Chexiyaning shimolidagi krokonosha tog'laridan keltirilgan rojdestvo archasi hammada katta taasurot qoldiradi. Har kuni kechqurun archa 5 soatga yoqib qo'yiladi, butun maydon bo'ylab yurilganda ham undan zavqlanish mumkin. Tadbir programmasiga musiqali chiqishlar ham kirgizilgan. Kechqurun Staromest maydonidagi sahnada mahalliy xor va raqs dastalari o'z ijrolarini namoyon qilishadi. Ijrochilar orasida an'anaviy kiyimlar kiygan maktab o'quvchilari ham bo'lib, ular raqs va musiqali chiqishlar tashkil qilishadi. Bundan tashqari, noyabr oxirida-dekabr boshida Pragada Rojdestvo musiqa festivali o'tkaziladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan