SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
181920212223
24252627282930
Publisist, yozuvchi va jurnalist Nusrat Rahmat tavallud topgan kun
1941-07-03

Publisist, yozuvchi va jurnalist Nusrat Rahmat 1941 yilning 3 iyul kuni Samarqand tumanidagi Qo‘shmachit qishlog‘ida tug‘ilgan. “Lenin yo‘li” gazetasida ishlagan, “Qishloq haqiqati” gazetasining Samarqand, Buxoro viloyatlari bo'yicha muxbiri bo‘lgan. Keyin Toshkentga ko‘chib “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, “ Mehnat” nashriyoti, O‘zbekiston tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasida xizmat qilgan. “Agar tabiatni sevsangiz” degan ilk kitobchasi 1975 yili nashr etildi. Keyin “Chanqovuz”, “Olis-olis so‘qmoqlar”, “Dasht”, “Zamondosh o‘ylari”, “Seleksiya mo’jizasi”, “So‘qmoqlar va saboqlar” singari yigirmadan ko‘proq hikoya va ocherklardan iborat kitob va kitobchalari bosilgan.“Taqdimot” she’rlar, “Fojia” deb nomlangan hikoyalar to‘plami, shuningdek, “Men muxbirman”, “Men redaksiyadanman”, “Eng ashaddiy kallakesar“, “Asqad Muxtor dedilar” singari kitoblari; gazeta, jurnal va Internet saytlarida yuzdan ortiq maqolalari chop etilgan. U 2004 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvonini olgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan