SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920222324
25262728293031
Yozuvchi Mirkarim Osim tavallud topgan kun
1907-08-14

Mirkarim Osim 1907 yil 14 avgust kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi (1944), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1977). Moskvadagi Bubnov nomidagi pedagogika institutini tutatgan (1926—30).  Yangi ari ilk qissasi (1925) Qo‘qon xonligini ideallashtirgan asar sifatida bosilmay qolgan. Dastlabki yirik asari — Astrobod tarixiy qissasi Alisher Navoiy hayotiga bag‘ishlangan. Shundan keyin u Navoiy haqida turkum qissa va hikoyalar yozgan (1937—40).  To‘maris,  Shiroq, Iskandar va Spitamen, Temur Malik, Mahmud Torobiy, O‘tror kabi qissalar muallifi. Uning Zulmat ichra nur, Ajdodlar qissasi,  Jayhun ustida bulutlar, Aljabrning tug‘ilishi, Ibn Sino qissasi, Singan setor singari asarlari o‘zbek tarixiy qissachiligining yuksak namunalaridandir. M. Sholoxovning “Tinch oqar Don” (2-kitob), S. Borodinning “Yeldirim Boyazid” romanlari va L. G. Batning “Hayot bo‘stoni” qissasi na boshqa asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Mirkarim Osim 1984 yil Toshkent shahrida vafot etgan. Vafotidan so‘ng “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan (2002).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan