SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
Litva o’z mustaqilligini tiklagan kun
1991-09-06

1991 yil 6 sentyabr – Litva o’z mustaqilligini tiklagan kun.

                Litva 1991 yilning 6 sentyabrida o’z mustaqilligini tikladi. Milliy bayrami 16 fevral – Litva davlati tiklangan kun (1918). Poytaxti – Vil’nyus. Hududi – 65200 km2. Aholisi – 2971900 kishi (2010). Davlat tili – litva. Aholining asosiy qismi xristian dinining katolik mazhabiga e’tiqod qiladi. Pul birligi – lit. Geografik joylashuvi va tabiati. Yevropaning Boltiq dengizi qirg’og’ida joylashgan davlatlaridan biri. Janub va Sharqda – Belarus (chegara uzunligi – 653,5 km), janubi-g’arbda Rossiya (chegara uzunligi – 267,8 km) va Pol’sha (103,7 km), shimolda – Latviya (588 km) bilan chegaradosh. Quruqlikdagi chegaralari uzunligi – 1613 km. Sohil bo’ylab chegara uzunligi – 108 km. Mamlakatning katta qismi tekisliklardan iborat. G’arb va sharqida tepaliklar bor. Yirik daryosi – N’yamunas (Neman), juda ko’p ko’llar bor. Yoqut mamlakatning muhim tabiiy resurslaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, torf va qurilish materiallarining zaxiralari mavjud. Umumiy yerlarining deyarli teng yarmi ishlov beriladigan yerlar hisoblanadi. 22% yerlar o’tloq va yaylovlardan iborat.

Ma’lumot: Jahon mamlakatlari. “O’zbekiston”. T.2013.

 

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan