SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
Mali Respublikasining Mustaqillik bayrami
1960-09-22

1960 yil 22 sentyabr Mali Respublikasining Mustaqillik bayrami.

                Mamlakat 1960 yilning 22 sentyabrida Fransiyadan mustaqillikka erishgan (oldingi nomi – Fransuz Sudani). Mustaqillik kuni – Milliy bayram sifatida nishonlanadi. Poytaxti-Bamako. Hududi-1240142 km2. Aholisi – 14517176 kishi (2009). Davlat tili – fransuz. Aholining asosiy qismi islom (70%), xristian (5%) dinlariga hamda majusiylikka e’tiqod qiladi. Pul birligi – afrika franki. Geografik joylashuvi va tabiati. G’arbiy Afrikada joylashgan davlat. G’arbda – Mavritaniya (chegara uzunligi – 2237 km) va Senegal (419 km), shimoli-sharqda – Jazoir (1376 km), sharqda – Niger (821 km), janubda – Burkina-Faso (1000 km), Gvineya (858 km) va Kot-d’Ivuar (532 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi – 7243 km. Mamlakatning katta qismini dengiz sathidan o’rtacha 500-600 m balandlikda bo’lgan tekisliklar egallagan. Shimolda Sahroi Kabirning toshloq hududlari joylashgan. Janubi-g’arb, janub va sharqda Bambua, Monding, shuningdek, eng yuqori balandligi 1155 m bo’lgan Xambori tog’lari joylashgan. Eng yirik daryosi – Niger. Mamlakat foydali qazilmalardan oltin, fosfat, uran, temir rudasi, boksit, marganes, litiy va qo’rg’oshinga juda boy. Iqlimi – Tropik kontinental, issiq va quruq, chekka janubi esa subekvatorial.

Ma’lumot: Jahon mamlakatlari. “O’zbekiston”. T.2013.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan