SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2022
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
151617181920
21222324252627
28293031   
Nigeriyaning Mustaqillik kuni
1960-10-01

1960 yil 1 oktyabr – Nigeriyaning Mustaqillik kuni.

                Nigeriya 1960 yil 1 oktyabrda mustaqillikka erishgan (ilgari Buyuk Britaniya protektorati bo’lgan). Mustaqillik kuni milliy bayram hisoblanadi.

                Rasmiy nomi – Nigeriya Federativ Respublikasi. Poytaxti – Abuja. Hududi – 923768 km2. Aholisi – 174507500 kishi (2012). Davlat tili-ingliz, igbo, yoruba va xausa. Aholi islom (50%) va xristian (40%) dinlari hamda majusiylikka (10%) e’tiqod qiladi. Pul birligi – nayra.

                Geografik joylashuvi va tabiati. Afrika qit’asining markaziy qismida joylashgan. Sharqda-Kamerun (chegara uzunligi – 1690 km) va Chad (87 km), shimolda – Niger (1497 km), g’arbda – Benin (773 km) bilan chegaradosh. Quruqlikdagi chegaralari uzunligi – 4047 km. Janubda Nigeriya Gvineya ko’rfazi bilan tutashib ketgan. Sohil bo’ylab chegara uzunligi – 853 km. Janubda sohilbo’yi tekisligi joylashgan bo’lib, uning kengligi Niger daryosi del’tasida 100 km gacha boradi. Mamlakat markazida yuza qism ko’tarilib boradi va balandligi 1735 m bo’lgan Jos yassitog’ligiga aylanadi. Yassitog’likdan shimolga qarab yuza pasayib boradi. Shimoli-g’arbda Sokota tekisligi, shimoli-sharqida esa Bornu tekisligi joylashgan. Sharqida Nigeriyaning eng yuqori nuqtasi – Fogel’ cho’qqisi (2042 m) joylashgan Adam tog’lari bor. Nigeriya hududida Chad ko’lining bir qismi joylashgan. Mamlakatning asosiy daryosi – Niger. Mamlakat foydali qazilmalarga juda boy. Ular orasida neft’, tabiiy gaz, temir rudasi, ko’mir, qo’rg’oshin, rux ko’plab uchraydi. Ishlov beriladigan yerlar mamlakat hududining 31 %, o’tloq va yaylovlar 23 % ini tashkil qiladi. Iqlimi – ekvatorial mussonli.

Ma’lumot: Jahon mamlakatlari. “O’zbekiston”. T.2013.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan