SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
Janubiy Koreyaning Mustaqillik kuni
1948-09-09

1948 yil 9 sentyabr – Janubiy Koreyaning Mustaqillik kuni.

                Janubiy Koreya 1948 yil 9 sentyabrda mustaqil davlat bo’ldi (avvallari Yaponiya imperiyasining Chosun viloyati edi). 9 sentyabr Milliy bayrami – Mustaqillik kuni. Rasmiy nomi-Koreya Xalq Demokratik Respublikasi. Poytaxti-Pxen’yan. Hududi – 120538 km2. Aholisi – 24553600 kishi (2012). Davlat tili – koreys. Aholining asosiy qismi buddaviylik va konfutsiylikka e’tiqod qiladi (biroq diniy faoliyat amalda deyarli yo’q). Pul birligi – von. Geografik joylashuvi va tabiati. Sharqiy Osiyodagi davlat. Koreya yarimorolining shimoliy qismida joylashgan. Shimolda – Xitoy (chegara uzunligi – 1416 km), janubda – Janubiy Koreya (238 km), shimoli –sharqda – Rossiya bilan (19 km) chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi – 1673 km. G’arbdan Sariq dengiz, sharqdan Yapon dengizi o’rab turadi. Sohil bo’ylab chegara uzunligi – 3495 km. Mamlakat hududini asosan tepalik va tog’lar tashkil qiladi, ularning oralig’i torgina vodiylardan iborat. Mamlakatning eng baland nuqtasi – Pektusan tog’i (2750 m). Asosiy daryolari: Amnokkan, Tedongan, Tumangan. Asosiy tabiiy boyliklari: ko’mir, qo’rg’oshin, vol’fram, temir rudasi, mis, oltin, rux, grafit, magnezit. Hududining 20% i haydaladigan yerlar, 74% i o’rmon va changalzorlar. Iqlimi – mo’’tadil mussonli. Mamlakatning tog’li tumanlari uchun ignabargli o’rmonlar xarakterli: qarag’ay, archa, koreys oq qarag’ayi, shuningdek, tol, terak, g’ujumlar ko’proq bo’lgan aralash o’rmonlar bor. Vodiylar amalda to’laligicha qishloq xo’jalik ekinlari bilan band. Bu yerlarda sholi, soya, javdar, makkajo’xori va boshoqli ekinlar ekiladi. Mamlakat hayvonot dunyosida yo’lbars, qoplon, ayiq, tulki, bo’rilarni uchratish mumkin. Qushlardan burgut, bekas, turna va qirg’iylar bor.

Ma’lumot: Jahon mamlakatlari. “O’zbekiston”. T.2013.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan