SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
Mikroneziya mustaqil bo’lgan kun
1991-09-17

1991 yil 17 sentyabr – Mikroneziya mustaqil bo’lgan kun.

                Mikroneziya 1991 yilning 17 sentyabrida mustaqil bo’lgan (ilgari – BMT tasarrufida, AQSh boshqaruvida bo’lgan Tinch okean orollarining bir qismi).

                Rasmiy nomi-Mikroneziya Federativ Shtatlari. Poytaxti-Palikir. Hududi – 702 km2. Aholisi – 112100 kishi (2012). Davlat tili-ingliz. Aholining asosiy qismi xristian dinining katolik (50%) va protestant (47%) mazhablariga e’tiqod qiladi. Pul birligi-AQSh dollari.  Geografik joylashuvi va tabiati. Tinch okeanining g’arbiy qismida, Karolin orollarida joylashgan davlat. Orollar geologik kelib chiqishiga ko’ra bir xil emas: baland tog’li orollardan marjon atollargacha bor. Orollarning ayrimlarida vulqonlar faoliyati davom etmoqda. Asosiy tabiiy resurslari: dengiz mahsulotlari, yog’och, fosforitlar.

                Iqlimi – arxipelagning g’arbiy qismi ekvatorial va subekvatorial, sharqida tropik passat-mussonli.

                Vulqonli va marjon orollar faunasi bir-biridan farq qiladi. Vulqonli orollarning qirg’oqlarida mangr butazorlari, kokos pal’malari, bambuk o’sadi. Marjon orollarida esa kokos pal’malari ko’p.

Ma’lumot: Jahon mamlakatlari. “O’zbekiston”. T.2013.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan