SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2020
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181921222324
25262728293031
Raqqosa, baletmester Matyoqubova Gavhar tavallud topgan kun
1948-10-18

Matyoqubova Gavhar (1948.18.10, Xorazm) - raqqosa, baletmester, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist (2000). Urgench shahri musiqa bilim yurtini (1975), Toshkent universitetini tugatgan (1980). 1962-75 yillar Komiljon Otaniyozov rahbarligidagi Xorazm ashula va raqs ansambli , 1975-91 yillar K. Otaniyozov nomidagi Xorazm Davlat filarmoniyasi raqqosasi , 1991-98 yillar Xorazm madaniyat boshqarmasi qoshidagi xalq ijodiyoti bo’lim boshlig’i, 1998 yildan M. Turg’unboyeva nomidagi “O’zbekraqs” birlashmasining “Xorazm raqs” viloyat bo’limi bosh baletmesteri . Matyoqubovaning raqslari sho’x va jo’shqinligi , ijro etilayotgan raqs mazmuniga alohida yondashishi , yengil va keskin harakatlari , chiroyli xiromi bilan ajralib turadi. “Orazibon” , “Gala Laylim”, “Muxammasi bayoz”,  “Layla”, “Guldasta”, “Zuvoniy”, “Nizongul”, “Lazgi”, “Chashmi siyo” (afg’oncha), “Silsila” tojikcha, “Kush depti” turkmancha,”Kanatari” hindcha, “Pokiston go’zali” pokistoncha, “Sham o’yini” arabcha singari raqslarni ijro etgan. “Orol faryodi” (3 bo’lim),  “Lazgi afsonasi “, “Sumalak sayli”, “Orazibon” (3 bo’lim), “ Toshlar tilga kirganda” , “Qayroq yangraganda”, “Kelin salomi”, “Jazava raqsi”, “Aliqambar” .” Darpanma” (3 bo’lim) , “ Muxammasi ushoq”, “ Xiva sanami” kabi raqslarni Mustaqillik , Navruz bayramlarida, Amir Temur,  Avesto, Al – Farg’oniy, Berdaq yubileylarida va boshqa tantanalarning barchasida Xorazm raqslarini sahnalashtirgan.  Matyoqubova haqida “Jayhun qizi” (1990),  “Qadriyat”  (2002 2 qismli)  filmlari ishlangan.  “ Shuhrat” medali bilan taqdirlangan (1997).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan