SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2020
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728
Avstriyalik dirijyor va rassom Shyonberg Arnol’d tavallud topgan kun
1874-09-13

Avstriyalik dirijyor va rassom Shyonberg Arnol’d tavallud topgan kun.

Shyonberg Arnol’d (1874.13.9, Vena -1951.13.7, Los-Anjeles) — Avstriya kompozitori, musiqa nazariyotchisi, pedagog, dirijyor va rassom. Yangi Vena maktabi va dode¬kafoniya asoschisi, musiqiy ekspres-sionizmning yirik vakili. Ijodini Yevropa klassik musiqasiga tayangan holda boshlagan. 1901 yil pedagogik faoliyatini boshlab 30 dan ortiq (K.Berg, A.Vebern, X.Eysler kabi) shogirdlar yetishtirgan. 1903 yildan Venada, 1925 yildan Berlinda yashagan va kompozitor, dirijyor, pedagog, shuningdek, xor jamoalari tashkilotchisi va badiiy rahbari sifatida tanilgan. O’zi va shogirdlari tazyiqqa uchraganidan so’ng 1934 yildan AQShda yashagan.

Ijodiy yo’li 3 bosqich — tonal (1899-1908), atonal (1909-22) va serial (1923—50) davrlarga bo’linadi. Ilk davrning yetuk asarlari: “Gurre qo’shiqlari” oratoriyasi, “Pelleas va Melizanda” simfonik poemasi, ovoz va orkestrga mo’ljallangan “Olti qo’shiq” (ulardan “G’azal” nomlisida Shyonberg qadimgi fors she’riyati va sharqiy musiqiy uslubga taqlid qilgan). 2-davrdagi “Kutish” (opera-monodrama), “Baxtli qo’l” (musiqali drama) va, ayniqsa, “Oyparast P’ero” (melodrama) kabi asarlarida tonallik tizimidan voz kechib, atonal musiqa tamoyillarini erkin ravishda namoyish etgan. So’nggi davrga o’tish jarayonida, ayni atonallikni muayyan qoidalariga bo’ysundirish maqsadida — dodekafoniya nomini olgan (Shyonberg ta’birida — 12 tonli kombinatsiya) kompozitorlik texnikasini kashf etib, “Napoleonga oda” (1942), “Varshavada omon qolgan” (1947) va boshqa asarlarida samarali natijalarga erishgan. Umrining so’nggi yillarida diniy mavzularda yirik asarlar yaratgan. Musiqiy-nazariy va estetik qarashlari “Garmoniyaga oid ta’limot”, “Uslub va g’oya” kitoblari, bir nechta darsliklarida bayon etilgan.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2005.





Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan